5 daqiqaʼning bugungi sonida Abdurauf Fitratning «Hind sayyohining qissasi» asarini şarhlaşni maqsad qildik.
1912-yili Istanbulda naşr etilgan qissa hindistonlik musulmon tilidan hikoya qilinadi. Ammo bu sayyoh aslida Fitratning özi. Muallif öz yurtiga göyo begona odamning közi bilan qaraydi.
Sayyoh Buxoroga kelişidan oldin şahar haqida köp maqtovlar eşitgandi. Ammo şaharga kirişining öziyoq unda köplab savollar uyğotadi. Keç kirgani uçun darvoza oldida qoladi. Qiziği, musulmonlar içkariga kiritilmaydi, armanilar va yahudiylarga esa ruxsat beriladi. Hatto armanining iti ham darvozadan ötadi. Sayyoh bu holatning sababini söraganida, yoş yigit birgina söz bilan javob beradi: «Jaholat!»
Musofir Buxoro aholisini uç toifaga ajratadi: ulamo, umaro va fuqaro. Asar voqealari şu uç qatlamning jamiyatdagi örni, masʼuliyati va bir-biriga munosabatini oçib beradi.
Bir vaqtlar Ibn Sino va Forobiy kabi allomalarni dunyoga bergan Buxoroda ilmning qadri tuşgandi. Yigirma yil tahsil olib, yana yigirma yil dars bergan ayrim diniy mansab egalari zamonaviy ilm-fandan bexabar edi.
Hukmdorlar va amaldorlar mansab talaşiş, xalq molini özlaştiriş, oddiy odamlarning haq-huquqini poymol qiliş bilan band edi. Fuqaro esa bu ikki qatlam orasida öz haqini talab qilişga ham qiynalib yaşardi.
Endi sözimiz avvalidagi hikoyaning davomini eşiting. Qozi avval ayolning erini jazolaşga qaror qiladi. tin eridan şikoyat qilgan bölsa-da, uni qamatmaslikni söraydi.
Ertasi kuni sayyoh bu voqeaning davomi bilan qiziqadi. Maʼlum bölişiça, keçasi qozining öziga ikki ming tanga, uning mulozimlari, rais va hokim odamlariga bir yarim ming tanga berilgan ekan. Şundan keyingina er ozod qilingan. Bu mablağni topiş uçun anavi qaşşoq oila yerini sotgandi.
Sayyoh Qarşida hunarmand bilan suhbatlaşadi. Ustaning işi yaxşi edi. Ammo sayyoh undan hunari ön-ön ikki yildan keyin ham saqlanib qolişi uçun nima qilayotganini söraydi.
Usta bu haqda öylab körmagandi. Sayyoh esa bir vaqtlar Turkistonda kiyim-keçakdan tortib, idiş-tovoqqaça özimizda işlab çiqarilganini, keyin Yevropa fabrikalarining arzon va çiroyli mahsulotlari bozorni egallab, mahalliy hunarmandlarni kasbidan ayirganini eslatadi.
Qarşidagi dehqonçilikning ahvoli ham yaxşi emasdi. Yerlar unumdor bölsa-da, amlokdorlarning özboşimçalik bilan soliq undirişi, eski usullar va zamonaviy bilim yetişmasligi sababli ulardan töliq foydalanilmasdi.











