«5 daqiqa»ning navbatdagi sonida uşbu noyob asarni muhokama qilamiz.

Asarning boş qahramoni Gerasim jismonan şu qadar baquvvatki, uning işini odatda bir neça odam bajaradi. Lekin u kar va soqov. Gapira olmaydi, eşitmaydi. Buning ustiga, öz hayoti haqida mustaqil qaror qabul qiliş imkoni ham çeklangandi.

Gerasim qişloqda yaşab, yer haydab, mehnati bilan kun keçiradi. Biroq uni Moskvaga olib kelişadi va boy xonimning hovlisida xizmatçi qilib qöyişadi. U yangi hayotiga moslaşişga harakat qiladi. Atrofdagilar bilan muloqot qiliş qiyin bölsa-da, öz işini puxta bajaradi. Uning jimligi zaifligidan emasdi, albatta, tabiati va imkoniyatlaridan kelib çiqqandi. Ammo öşa rasvo jamiyat jimlikni, sukunatni istagança toptaş mumkin, deb hisoblardi.

Xonimning qöl ostidagi boşqa odamlar ham öz taqdirini özi hal qilolmaydi. Masalan, Gerasim Tatyana ismli kir yuvuvçi ayolni yoqtirib qoladi. Ammo xonim Tatyana boşqa odamga turmuşga çiqişi kerak, deb hisoblaydi va uni boşqa bir paytavaquloqqa uzatişni buyuradi. Tatyana ham, Gerasim ham bu qarorni özgartirolmaydi.

Şu epizodning öziyoq asarning asosiy muammosini körsatadi. Xonim atrofidagilarning hayotiga aralaşişni özining tabiiy huquqidek qabul qilardi. Uning nazarida, boşqalarning xohişi va hissiyotlari ikkinçi darajali.

Gerasimning hayotida boşqa bir voqea sodir böladi. U suvga tuşib ketgan kuçukçani qutqarib oladi. Uni uyiga olib kelib, parvariş qiladi. Kuçukça katta bölib, Mumu deb ataladi. Gerasim unga mehr qöyadi, Mumu ham egasiga qattiq boğlanib qoladi.

Mana şu yerdan boşlab Gerasimning hayotida öziga xos bir dunyo paydo böladi. U odamlar bilan sözlaşib, dardini ayta olmaydi, ammo Mumu bilan gaplaşiş uçun sözning özi şart emasdi. Mumu uni kutadi, ovozini tanimasa-da, qadamlaridan biladi, yonidan jilmaydi. Gerasim ham kimgadir kerakligini, kimdir uning mehriga muhtoj ekanini his qiladi.  

Baʼzan baxt uçun juda katta narsalar talab qilib yuboramiz. Aslida seni kutadigan bir jon, mehringni qabul qiladigan bir qalbning borligi hamma narsani hal qiladi. Gerasim uçun Mumu ana şunday hamroh edi.

Biroq xonim Mumuni yoqtirmay qoladi. Itning hurişi uning ğaşiga tegadi. Avvaliga Mumuni hovlidan yöqotişga harakat qiladi. Gerasim uni yaşirib qöygaç, izlab topadi. Ammo xonimning xohişi özgarmaydi: Mumu bu yerda qolmasligi kerak.