Germaniya ozod etilgan belarus muxolifati vakillari Mariya Kolesnikova va Viktor Babarikoni qabul qiladi. Germaniya Federativ Respublikasi hukumati Belarus demokratik harakati Belarusdan taşqarida rivojlanişga majbur bölsa ham, uning yanada mustahkamlanişidan juda manfaatdor, dedi yakşanba kuni, 14 dekabrda Germaniya içki işlar vaziri Aleksander Dobrindt ARD jamoat-huquqiy telekanali efirida.
«Şuning uçun biz hatto bugunning özida qamoqda bölgan ikki nufuzli muxolif siyosatçini qabul qilamiz», — deya tuşuntirdi nemis vaziri. Qaysi şaxslar haqida gap ketayotgani aniqlaştirilganda, Germaniya IIV rahbari bu Mariya Kolesnikova va Viktor Babariko ekanini aytdi — «ular demokratik harakatda katta rol öynagan».
Belarus hokimiyati 13 dekabr kuni 123 kişi qamoqdan ozod etilganini e’lon qildi — bu Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko va AQŞ delegatsiyasi örtasida ikki kun davom etgan muzokaralardan keyin sodir bölgan.
Ozodlikka çiqqanlar orasida Nobel mukofoti sohibi Ales Belyatskiy, belaruslik jurnalist Marina Zolotova, adabiyotşunos va siyosiy tahlilçi Aleksandr Feduta ham bor. Belarusda ozod etilgan siyosiy mahbuslarning 114 nafari Ukrainaga, 9 nafari esa Litvaga yetkazilgan.








