“Notariuslar tomonidan nikoh şartnomalarini tasdiqlaş tartibi töğrisida”gi nizom işlab çiqildi.
Nizom loyihasida nikoh şartnomasini rasmiylaştirişning bir neçta şakli belgilangan. Xususan, şartnoma notarial idora binosida, video-konferens-aloqa orqali yoki murojaat qiluvçilar xohişiga köra sayyor tartibda rasmiylaştirilişi mumkin. Video-konferens-aloqa orqali rasmiylaştirilganda bu holat tasdiqlovçi yozuvda qayd etiladi hamda jarayon “Notarius” avtomatlaştirilgan axborot tizimida avtomatik ravişda audio va videoda yozib borilişi nazarda tutilgan.
Şartnoma notarial idoradan taşqarida sayyor tartibda rasmiylaştirilsa, tasdiqlovçi yozuvda şartnoma rasmiylaştirilgan joy manzili körsatiladi. Bunda rasmiylaştiriş va imzolaş jarayoni notarius tomonidan majburiy audio-video qayd etiladi. Şuningdek, videoyozuvda notarius va iştirokçilar töliq tuşişi, notarial harakat mazmuni va ahamiyati tuşuntirilgani, hujjat matni bilan töliq tanişilgani, imzolaş hamda barmoq izlarini Tizimda skaner qiliş jarayoni töliq aks ettirilişi lozimligi belgilangan.
Hujjat loyihasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oşirilişi, fuqarolar talabiga köra matn rus tilida yoki imkoniyat bölsa boşqa maqbul tilda berilişi ham qayd etilgan. Agar şartnoma taraf(lar) tuşunmagan tilda tuzilsa, matn notarius yoki taraflar taklif etgan tarjimon tomonidan oğzaki tarjima qilinişi mumkin. Bu holatda tarjimon haqidagi ma’lumotlar hujjat matni va tasdiqlovçi yozuvda aks ettirilişi, tarjimon notöğri yoki yolğon tarjima uçun javobgarlik haqida ogohlantirilişi körsatilgan.
Nizom loyihasiga köra, nikoh şartnomasi nikoh yoşiga yetgan şaxslar örtasida tuziladi va uni vakil orqali tuzişga yöl qöyilmaydi. Şuningdek, taraflar örtasida nikoh qayd etilmagan bölsa, şartnoma yuridik oqibatlar keltirib çiqarmasligi qayd etilgan.
Murojaat qiliş tartibida fuqarolar notarial idoraga bevosita kelişi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda E-notarius.uz orqali elektron tarzda röyxatdan ötişi mumkinligi belgilangan. Tizim orqali kelib tuşgan murojaatlarni notarius bir iş kuni içida körib çiqişi va qabul qilişi şartligi ham nazarda tutilgan.
Şartnomani tasdiqlaşda notarius taraflarning şaxsini zamonaviy axborot texnologiyalari orqali identifikatsiya qilişi, biometrik ma’lumotlar (barmoq izi va Face-ID) orqali verifikatsiya qilişi yoki elektron şakldagi ma’lumotlar asosida tasdiqlaşi mumkinligi körsatilgan. Şartnomani imzolaş bosqiçida esa taraflarning kamida ikkita barmoq izi maxsus moslamalarda skaner qilinişi belgilangan.
Nizomda şuningdek şartnomani özgartiriş va bekor qiliş, notarial harakatni rad etiş asoslari, tölovlarni avtomatik hisoblaş hamda SMS orqali tasdiqlaş kodi yuboriş kabi tartiblar ham bayon etilgan.












