Özbekistonda ZARA, ZARA HOME, BERSHKA, MASSIMO DUTTI, PULL&BEAR, STRADIVARIUS va OYSHO brendlarining rasmiy vakili bölgan Cenomi Group töğridan töğri importyorlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan Özbekiston hukumati tomonidan joriy etilgan yangi çora-tadbirlar munosabati bilan ZARA HOME assortimentni kengaytiriş rejalari haqida ma’lum qiladi.

2025 yil 13 dekabr kuni imtiyozli import şartlariga taalluqli bölgan tovarlar toifalari röyxatini kengaytiruvçi PQ-374-sonli Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.

Cenomi Group savdoni liberallaştiriş va investitsiya muhitini yaxşilaşga qaratilgan davlat siyosatini ijobiy baholab, izçil islohotlar Özbekistonda xalqaro brendlar iştirokini kengaytirişga xizmat qilayotganini qayd etadi. Mazkur qaror qabul qilinişi munosabati bilan kompaniya Özbekiston Respublikasi Prezidentiga rasmiy maktub yöllab, uşbu çora-tadbirlarning bozor rivoji va xalqaro savdo standartlarini joriy etişdagi ahamiyatini ta’kidladi.

Vaziyatga izoh berar ekan, Cenomi Group’ning Özbekistondagi direktori Zaradeşt Xamid Xamou yangi şartlar kompaniyaga assortimentni sezilarli darajada yaxşilaş imkonini berişini, bu esa Özbekiston iste’molçilariga yetakçi jahon poytaxtlaridagi darajaga mos tanlov va servisni taqdim etişga xizmat qilişini ta’kidladi.

Cenomi Group Özbekistonda xizmat sifati va çakana savdo bozorining barqaror rivojlanişiga yönaltirilgan uzoq muddatli rivojlaniş strategiyasini izçil amalga oşirib kelmoqda.
Reklama








