AQŞning Özbekistondagi elçixonasi 30 dekabrdan boşlab Diversity Visa dasturi böyiça vizalar berilişi töxtatilganini e’lon qildi.

«Hozirdan e’tiboran, AQŞ davlat departamenti turli millatga mansub immigrantlar vizasi (DV) dasturi böyiça barça vizalar berilişini töxtatib qöyadi. DV dasturi murojaatçilari vizaga ariza topşirişlari va suhbatdan ötişlari mumkin, AQŞ Davlat departamenti öz navbatida suhbat sanasini belgilaşda davom etadi, biroq DV vizalari berilmaydi.

DV dasturi böyiça belgilangan suhbat sanalari boşqa sanaga köçirilmaydi yoki bekor qilinmaydi. AQŞ davlat departamenti murojaatçilarni xabardor qilib borişga intiladi hamda qöşimça yangilik bölişi bilanoq jamoatçilikka taqdim etadi», deyiladi elçixona xabarida.

Avvalroq, AQŞ prezidenti Donald Tramp Green Card lotereya dasturini töxtatib turiş böyiça buyruq bergani xabar qilingandi.

Green Card – AQŞda 1990 yildan beri çet elliklarga har yili tasodifiy ravişda 50 mingta yaşaş guvohnomasi tarqatiladigan dastur (Markaziy Amerika mamlakatlari uçun har yili yana beş ming tur ajratiladi). 2025 yil may oyida e’lon qilingan lotereya natijalariga köra, Özbekiston saralab olingan ğoliblar böyiça mamlakatlar röyxatida yetakçilik qilgan – 5564 kişi. Keyingi örinlarda Jazoir (5526) va Rossiya (5519) qayd etilgan.