AQŞ prezidenti Donald Tramp Green Card lotereya dasturini töxtatib turiş böyiça buyruq berdi. AQŞ içki xavfsizlik vaziri Kristi Noem ma’lum qilişiça, bunga Braun universitetidagi otişmada gumonlanayotgan şaxs mamlakat hududiga aynan şu dastur orqali kirib kelgani sabab bölgan.
«Braun universitetidagi otişmada ayblangan Klaudio Manuel Neveş Valente AQŞga 2017 yilda DV1 (Diversity Lottery – viza lotereyasi) orqali kirib kelgan va unga Green Card berilgan. Bunday jirkanç kimsaning mamlakatimizga kirişiga heç qaçon yöl qöyilmasligi kerak edi», – deb yozdi u.
Vazir prezident Tramp 2017 yilda ham uşbu dasturni tugatiş uçun kuraşgani, öşanda Nyu Yorkda yuk maşinasida odamlarni bosib ketib, sakkiz kişini öldirgan IŞID terrorçisi ham AQŞga aynan DV1 dasturi orqali kirgan bölganini eslatgan.
«Prezident Trampning topşiriğiga binoan, men uşbu halokatli dastur tufayli boşqa amerikaliklarga zarar yetmasligini ta’minlaş uçun AQŞ Fuqarolik va immigratsiya xizmatlariga DV1 dasturini zudlik bilan töxtatişni buyuryapman», – degan Noem xonim.
13 dekabr kuni AQŞning Rod-Aylend ştati Providens şahrida joylaşgan Braun universitetida otişma oqibatida ikki talaba halok bölgan va töqqiz kişi yaralangandi, qurbonlar orasida özbekistonlik talaba MuhammadAziz Umurzoqov ham bor edi.
Hukumat bu qotillikda va keyinroq Massaçusets texnologiya instituti professori Nuno Lureyruning öldirilişida portugaliyalik 48 yoşli Klaudio Manuel Neveş Valenteni asosiy gumondor deb topgan. U payşanba kuni öz uyida jonsiz holda topildi, u katta ehtimol bilan öz joniga qasd qilgan.
Green Card – AQŞda 1990 yildan beri çet elliklarga har yili tasodifiy ravişda 50 mingta yaşaş guvohnomasi tarqatiladigan dastur (Markaziy Amerika mamlakatlari uçun har yili yana beş ming tur ajratiladi). 2025 yil may oyida e’lon qilingan lotereya natijalariga köra, Özbekiston saralab olingan ğoliblar böyiça mamlakatlar röyxatida yetakçilik qilgan – 5564 kişi. Keyingi örinlarda Jazoir (5526) va Rossiya (5519) qayd etilgan.
2025 yilgi viza lotereyasi uçun qariyb 20 million kişi hujjat topşirgan bölib, ğoliblarning turmuş örtoqlari bilan hisoblaganda 131 mingdan ortiq nomzod tanlab olingan. Tanlovda ğolib çiqqandan söng, ular AQŞga kiriş uçun ruxsat oliş maqsadida tekşiruvdan ötişi kerak böladi.

















