Mamlakatning Polşadagi elçixonasiga Qaşqadaryoda tuğilgan Özbekiston fuqarosi muşkul ahvolga tuşib qolgani sababli vaqtinça yotoq joy va vatanga qaytişida yordam sörab murojaat qilgan. Bu haqda “Dunyo” AA xabar qildi.
Elçixona xodimlari tomonidan belgilangan tartibda murojaatçidan ariza qabul qilinib, u vaqtinça yotoq joy bilan ta’minlangan.
Şuningdek, Xalqaro migratsiya taşkiloti kömagida fuqaro uçun aviaçipta rasmiylaştirilib, uning Özbekistonga xavfsiz tarzda qaytişi ta’minlangan.
Qayd etilişiça, uşbu çora-tadbirlar Yangi Özbekiston taşqi siyosatida fuqarolar manfaatlarini himoya qiliş ustuvor ahamiyatga ega ekanining yana bir bor tasdiği hisoblanadi.
Elçixona tomonidan heç bir fuqaro e’tiboran çetda qolmasligi, ularning vatanga yetib olişi uçun barça tegişli çoralar körilişi ta’kidlangan.












