Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan telefonda gaplaşib, AQŞ rahbari Donald Trampning Mar-a-Lago qarorgohida (Florida ştati) bölib ötgan muzokaralar natijalarini muhokama qildi. Bu haqda duşanba kuni, 29 dekabrda Ukraina rahbari saytida xabar qilindi.
Naşrda qayd etilişiça, Zelenskiy Mersga “(muzokaralar davomida — tahr.) qanday asosiy urğular qöyilgani va qaysi masalalar muhim bölgani” haqida aytgan. Ukraina prezidenti, şuningdek, kanslerga maslahatlari va doimiy muvofiqlaştirib borgani uçun minnatdorçilik bildirgan.
Zelenskiy matbuot xizmati ma’lum qilişiça, u Mers bilan birga “Ukrainaning Rossiya rahbari rezidensiyasiga berilgan zarbalarga göyoki aloqadorligi haqidagi feyk”ni ham muhokama qilgan. “Volodimir Zelenskiyning aytişiça, Ukraina tinçlik bölişi uçun qölidan kelgan barça işni qilyapti, Rossiya esa urişiş haqida ‘kreativlikni’ töxtatib, xavfsizlikni qanday tiklaş haqida öylaşi kerak. Ukraina barça takliflarni taqdim etgan”, — deyiladi xabarda.
Ukraina prezidentining Mers bilan suhbatidan bir neça soat oldin Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Rustem Umerov X tarmoğida Zelenskiy bilan AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff örtasida telefon suhbati bölganini yozgan.
“Asosiy nuqta — keyingi aloqalar va navbatdagi qadamlarni muvofiqlaştiriş. Iş juda şiddatli va mazmunli: biz deyarli har kuni maslahatlaşuvlarni davom ettiryapmiz va hujjatlar bandi ustida işlayapmiz”, — deb yozdi u. Umerov, şuningdek, “Yevropadagi milliy xavfsizlik böyiça maslahatçilar bilan doimiy aloqa” va “yaqin kelajakda navbatdagi uçraşuvlar” böyiça kelişuvlar borligini qayd etgan.
Oq uy 29 dekabr kuni Rossiya va AQŞ prezidentlari Vladimir Putin hamda Donald Tramp örtasida ham telefon suhbati bölib ötganini ma’lum qildi. AQŞ tomoni bu suhbatni “ijobiy” deb atagan.
Putin yordamçisi Yuriy Uşakovning aytişiça, Tramp Rossiya rahbari bilan suhbatda RF prezidentining davlat rezidensiyasiga dronlar (uçuvçisiz apparatlar) bilan hujum qilingani haqidagi xabardan “şokda” qolgani va “ğazablangani”ni aytgan. Şuningdek, u, da’vo qilinişiça, “hujumga uriniş” muhokamasi vaqtida Oq uy “Kiyevga ‘Tomagavk’ bermaganini” aytgan. AQŞ hokimiyati bu bayonotlarni hozirça izohlamagan.












