“Özbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Unga köra, “Raqamli komplayens” axborot dasturiy kompleksi 2026 yil 1 iyuldan sinov rejimida işga tuşiriladi.

Unda quyidagi imkoniyatlar böladi:

- Korrupsiyaning oldini oliş klasteri iştirokçilari örtasida tezkor ma’lumot almaşiş;

- Dasturiy kompleksning “E-Komplaens” modulini işga tuşiriş orqali korrupsiyaga qarşi içki nazorat bölinmalari faoliyatini töliq raqamlaştiriş.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga (Agentlik) davlat organlari va taşkilotlari markaziy apparatining korrupsiyaga qarşi içki nazorat bölinmalariga tizim taşkilotlariga qonunbuziliş holatlarini oldini oliş böyiça körib çiqilişi majburiy bölgan körsatma va ularni bartaraf etiş yuzasidan taqdimnomalar kiritiş huquqi beriladi.

Korrupsiyaviy huquqbuzarliklar haqida xabar bergan şaxslarni mehnat faoliyatida ta’qib, tazyiq holatlaridan himoya qiliş maqsadida, Agentlik tomonidan himoya orderi taqdim etiladi.

Korrupsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşişga munosib hissa qöşgan şaxslarni rağbatlantiriş maqsadida “Korrupsiyaga qarşi kuraşişga qöşgan hissasi uçun” kökrak nişoni ta’sis etiladi.