Suriya hokimiyati 1 yanvar, payşanba kunidan Suriya funti (Suriya lirasi deb ham ataladi) yangi banknotlarini muomalaga kiritdi: ularda 2000 yildan beri mamlakat prezidenti lavozimini egallab kelgan, ammo 2024 yil dekabrida isyonçilar tomonidan ağdarilgan Başar Asadning portreti yöq. Şuningdek, Başar Asadning otasi — 1971–2000 yillarda mamlakatni boşqargan Hofiz Asad portreti tuşirilgan kupyuralarning yanada eskiroq nusxalari ham almaştiriladi.

10 dan 500 funtgaça nominaldagi yangi banknotlar 29 dekabr kuni amaldagi prezident Ahmad aş-Şar’a tomonidan taqdim etildi. Ularda atirgullar, buğdoy, zaytun, apelsin va mamlakatning geografik hamda iqtisodiy xilma-xilligini ta’kidlovçi boşqa ramzlar tasvirlangan. Yangilangan banknotlardan, şuningdek, ikki nol olib taşlangan — yangi funt avvalgi 100 funtga tenglaştirilgan.

Denominatsiya orqali hokimiyat milliy valutaga bölgan işonçni tiklaşni közlamoqda: 2011 yilda fuqarolik uruşi boşlanganidan buyon uning kursi bir AQŞ dollari uçun 50 funt atrofidan taxminan 11 ming funtgaça qulagan. Şu sababli suriyaliklar hatto oziq-ovqat xarid qiliş uçun ham özlari bilan juda katta pul olib yurişga majbur edi.

Suriya Markaziy banki rahbari Abdulqodir al-Xasriya yangi valuta aynan qayerda bosilişiga aniqlik kiritmadi. 2012 yildan beri Suriya funtini Rossiyaning “Goznak” korxonasi çiqarib kelgan. Joriy yil may oyida esa OAV yangi hukumat milliy valutani Rossiyada bosişdan voz keçib, örniga Birlaşgan Arab Amirliklari (BAA) yoki Germaniya kompaniyalari bilan hamkorlikni yölga qöymoqçi ekanini yozgan edi.

Şunga qaramay, avgust oyi oxirida Reuters agentligi denominatsiya qilingan yangi Suriya funti kupyuralari Rossiyada çiqarilişini xabar qildi. Mos kelişuv Suriya delegatsiyasi Moskvaga iyul oyi oxirida taşrif buyurganida “Goznak” bilan tuzilgan.