Toşkent viloyatidagi dam oliş maskanlariga olib boruvçi avtomobil yölida bir tomonlama harakat taşkil etildi, deb xabar berdi Yöl harakati xavfsizligi xizmati.

Qayd qilinişiça, bu çora bayram kunlarida Böstonliq tumanining toğli hududlariga sayohat qiluvçi fuqarolar soni oşişi, kurort zonalarida jamoat tartibini saqlaş, yöllarda harakat xavfsizligini ta’minlaş hamda yöl-transport hodisalari va tirbandliklarning oldini oliş maqsadida joriy etilgan.

«Şundan kelib çiqib, tumanning toğli hududlaridagi Amirsoy, Çimyon, Bildirsoy kabi dam oliş maskanlariga olib boruvçi avtomobil yölida transport vositalarining harakati bir tomonlama taşkil etildi», deyiladi xabarda.

Ta’kidlanişiça, 4R6 Toşkent—Çirçiq—Çimyon avtomobil yölining 57-kilometridan 92-kilometrigaça — 4R10 avtomobil yöli bilan tutaş joyiga qadar, harakat bir tomonlama etib belgilangan.