Milliy statistika qömitasi 2025 yil dekabr oyi uçun iste’mol narxlari dinamikasini e’lon qildi. Qayd etilişiça, dekabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari örtaça 1,5 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,3 foizga, aholiga körsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,7 foizga qimmatlaşgan.
Qömita ma’lumotida inflatsiyaga eng köp ta’sir körsatgan mahsulotlar sifatida ayrim sabzavot va meva-sabzavot mahsulotlari narxining sezilarli ösişi qayd etilgan. Xususan, baqlajon (55,9 foiz), bodring (55,7 foiz), pomidor (25,1 foiz), bulğor qalampiri (22,9 foiz), karam (22,8 foiz), qovoq (10,5 foiz), anor (7,2 foiz), uzum (6,7 foiz), banan (3,5 foiz), tovuq tuxumi (3,4 foiz), olma (2,3 foiz), kartoşka (0,7 foiz), qöy göşti (0,5 foiz) va mol göşti (suyaksiz göştidan taşqari) (0,5 foiz) qimmatlaşgani körsatilgan.
Şu bilan birga, ayrim mahsulotlar narxining pasayişi inflatsiya bosimini yumşatgan omil sifatida baholangan. Jumladan, sabzi (-7,5 foiz), mandarin (-3,5 foiz), şakar (-2,6 foiz), barça navdagi guruç va guruç oqşoği (-1,8 foiz) hamda kungaboqar yoği (-0,5 foiz) arzonlaşgan.
Nooziq-ovqat tovarlar segmentida benzin (2,4 foiz), propan (1,3 foiz), şuningdek, kiyim va poyabzal (0,2 foiz) narxlarida ösiş kuzatilgan.
Pullik xizmatlar narxi va tariflarida esa mobil aloqa xizmatlari (4,9 foiz), şahar avtobusida yöl haqi (3,2 foiz), maişiy çiqindi uçun haq tölaş (3,0 foiz), xalqaro yölovçi havo transporti (2,0 foiz) va repetitorlik (0,8 foiz) qimmatlaşişi asosiy omillardan biri bölgan.
Qayd etilişiça, hisob-kitoblar uçun 10 mingdan ortiq savdo va xizmat körsatiş nuqtalarida 195 mingga yaqin narxlar qayd etilgan. Şu jarayonda 420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari hamda 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatilgan.








