Kipr prezidenti ma’muriyati rahbari Xaralambos Xaralambus iste’fo berdi — sababi, u iştirok etgani aytilayotgan videoyozuv e’lon qilindi va unda, da’vo qilinişiça, mamlakatning bir neça yuqori lavozimli mansabdorlari korrupsiyaviy sxemalarni muhokama qilgan. Şuningdek, mamlakat prezidenti Nikos Xristodulidisning rafiqasi Filippa Karsera ham Ijtimoiy qöllab-quvvatlaş böyiça mustaqil agentlik (AFKS)dagi lavozimini tark etdi, deb xabar berdi dpa agentligi duşanba, 12 yanvar keçqurun.

8 yanvar kuni — Kiprning yaqin olti oyga Yevropa Ittifoqi Kengaşiga raislikni qabul qilib olganidan roppa-rosa bir hafta ötib X ijtimoiy tarmoğida şov-şuvli video paydo böldi. Unda Xaralambusdan taşqari orolning sobiq energetika vaziri Georgios Lakkotripis va Cyfield quriliş guruhi direktori Georgios Xrisoxu ham köringan. Suhbat davomida Lakkotripis prezidentlik saylov kampaniyasi uçun xayriyalar miqdorining qonun bilan belgilangan yuqori çegarasi — taxminan bir million yevro ekaniga işora qilib, şu sabab nomzodlar “naqd pulga boğliq” bölib qolişini tuşuntiradi. Ayrim parçalarda, şuningdek, YeI sanksiyalarini çetlab ötişda agressiv uruş olib borayotgan Rossiyaga yordam beriş haqida ham tilga olinadi.

Video mualliflari ta’kidlaşiça, prezidentga pullarni xizmatlar evaziga va sörovlarni tezlaştirilgan tarzda körib çiqiş hisobiga ötkaziş imkonini beruvçi sxema mavjud, deb yozdi Euractiv Yevropa yangiliklar sayti. Bundan taşqari, aytilişiça, AFKS’ga qilingan xayriyalar hisobidan ayrim investorlar prezidentga şaxsiy kiriş (qabul) imkoniyatini olgan. Naşr suhbatlaşgan kiprlik ekspertlardan biri Euractiv’ga şunday degan: u e’lon qilingan rolik ostidagi postni tahlil qilganda, matn ehtimol turk klaviaturasida terilgan bölişi mumkinligi körinadi, biroq u bu iş tergovni çalğitiş maqsadida ham qilingan bölişi mumkinligidan ogohlantirgan.

Kipr hukumati uşbu videorolikni “yomon niyatda qilingan montaj natijasi” deb atadi. Ma’lum qilinişiça, Kipr maxsus xizmatlari videoning kelib çiqişini suriştirgan va bu işda AQŞ hamda Isroildan yordam söragan. Mahalliy OAVga köra, amaldorlar bilan suhbatni yaşirinça yozib olgan şaxslar özlarini Niderlandiyadan kelgan investitsiya biznesmenlari sifatida taniştirgan.

Öz navbatida, orolning sobiq energetika vaziri Lakkotripis politsiyaga tuhmat (böhton) böyiça ariza bergan. Prezident ma’muriyati rahbari Xaralambus esa özini “prezidentga şaxsan zarar yetkaziş, hukumatga qarşi çiqiş va mamlakat imijiga putur yetkazişga qaratilgan qasddan urinişlar” qurboni deb atadi. “Mamlakatimizga barqarorlik kerak bölgan şu paytda, şaffoflik maqsadida iste’foni tanlayman — mening iştirokimdan milliy maqsadlarimiz va umumiy sa’y-harakatlarimizni izdan çiqariş uçun foydalanişni davom ettirmasliklari uçun”, — deyiladi uning bayonotida. Kipr prezidentining rafiqasi ham xuddi şunday bayonotda öziga qaratilgan ayblovlarni “feyk yangiliklar parçalari va böhton izohlar soçilişi” deb atagan.

Yevropa Ittifoqi Kengaşida raislik qilayotgan mamlakatdagi bu mojaro may oyida bölib ötadigan mahalliy parlament saylovlari arafasida avj oldi. Politico naşri yozişiça, Kiprdagi koalitsion hukumatni qöllab-quvvatlayotgan partiyalar öz qöllovini qaytarib oliş imkoniyatini körib çiqmoqda va amaldagi hokimiyatga qaratilgan ayblovlar böyiça tezkor tergov ötkazilişini talab qilmoqda.