Ispaniya Superkubogi uçun bölib ötgan öyindan keyin 24 soat ötmasdan Habi Alonso Madridning «Real» klubi boş murabbiyi lavozimini tark etdi. Allaqaçon uning örnini kim egallaşi ma’lum – klubning boşqa bir sobiq futbolçisi Alvaro Arbeloa.

Barça uçun kutilmagan xabar

Iste’fodan biroz oldinroq AS naşrida murabbiy klubda qolişi haqida xabar berilgandi. Ammo köp ötmay «Qirollik klubi» rasmiy saytida uşbu mutaxassis bilan hamkorlik töxtatilgani haqida ma’lum qilindi.

«„Real“ futbol klubi Habi Alonso bilan özaro kelişuv asosida jamoa boş murabbiyi sifatidagi faoliyatini yakunlaş töğrisida qaror qabul qilinganini ma’lum qiladi. Habi Alonso doimo „Real” muxlislarining mehri va hurmatiga sazovor böladi, çunki u „Real” afsonasi hisoblanadi va har doim klubimiz qadriyatlarini özida mujassam etdi. „Real“ Madrid hamişa uning uyi bölib qoladi.

Klubimiz Habi Alonso va uning butun murabbiylar ştabiga uşbu davrdagi mehnati va sadoqati uçun minnatdorçilik bildiradi hamda hayotlarining yangi bosqiçida ularga omad tilaydi», – deyilgan rasmiy bayonotda.

Şundan keyin turli-tuman insaydlar yoğila boşladi. Xususan, El Chiringuito naşri futbolçilar Habining iste’fosidan «şokka tuşgani» haqida yozdi. Bunga parallel ravişda «Barselona» bilan klasiko bahsidan (2:3) keyin murabbiy va jamoa futbolçilari örtasida navbatdagi ziddiyat yuzaga kelgani haqida xabar paydo böldi: göyoki murabbiy raqib uçun faxriy yölak taşkil qiliş kerakligini aytgan, ammo futbolçilar Kilian Mbappega ergaşib, maydondan çiqib ketişgan.

Jurnalist Pepe Alvaresning insaydlari nisbatan haqqoniy körinadi. Uning sözlariga köra, Alonsoning özi «futbolçilar tomonidan hurmatsizlikni his qilgani va ularning xudbinligidan çarçagani» uçun iste’foga çiqqan.

Rasmiy versiyaga köra, şartnoma «özaro kelişuv asosida» bekor qilingan.

Alonsoga baribir işonişmadi

Habiga ilk savollar yozda, klublar örtasidagi jahon çempionati vaqtidayoq tuğilgandi: öşanda «Real» yarimfinalda «PSJ»ga 0:4 hisobida yutqazgan, madridliklar 24-daqiqaga keliboq uçta gol ötkazişga ulgurgandi. Öşanda murabbiy jamoada mavsumoldi yiğinlarini ötkazmasdan, jangga taşlangani ham inobatga olinmagandi.

Ikkinçi ogohlik qönğiroği sentabr oyida «Atletiko»ga qarşi öyin böldi, öşanda Madrid derbisi 2:5 hisobida boy berilgandi. Ammo şundan keyin «Real» olti ğalabadan iborat seriya qayd etdi (şundan bittasi klasikoda) va murabbiyning iste’fosi haqidagi gaplar bir muddatga tinçidi.