«Özbekneftgaz» AJ rahbariyatida yangi tayinlov amalga oşirildi. Kompaniya ma’lumotiga köra, adliya katta maslahatçisi Zohid Karayev Boşqaruv raisining komplayens hamda korrupsiyaga qarşi içki nazorat yönalişi böyiça örinbosari etib tayinlangan.

Ma’lum qilinişiça, mazkur lavozim doirasida komplayens talablariga rioya etilişini ta’minlaş, içki nazorat mexanizmlarini kuçaytiriş, korrupsiya xavf-xatarlarini oldini oliş va korporativ boşqaruvda şaffoflikni oşirişga qaratilgan işlar muvofiqlaştiriladi.

Zohid Karayev tayinlovga qadar Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Toşkent şahar boşqarmasi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Tayinlov haqidagi rasmiy ma’lumot «Özbekneftgaz» AJning telegram kanalida e’lon qilingan.