Erondagi vaziyat Özbekiston tomonidan diqqat bilan kuzatib borilmoqda. Özbekistonning Erondagi elçixonasi ma’lumotlariga köra, hozirga qadar namoyişlar davomida jabrlanganlar orasida mamlakatimiz fuqarolari qayd etilmagan.

Şu munosabat bilan, Eronda bölib turgan Özbekiston fuqarolaridan miting va namoyişlarda iştirok etmaslik, odamlar köp töplanadigan joylardan yiroq böliş hamda şaxsiy xavfsizlik çoralariga qat’iy rioya etiş söraldi.

Zarur hollarda Özbekistonning Tehron şahridagi elçixonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qiliş mumkin: +982122299780, +982122832025.