15 iyunga ötar keçasi Toşkent viloyati Ohangaron tumanidagi Eyvalak mahallasida içki işlar xodimlariga piçoq bilan hujum qilindi. Kun.uz manbasiga köra, hodisa oqibatida kamida ikki xodim tan jarohati olgan.

Manbaning sözlariga köra, hududda xizmat olib borayotgan patrul-post xizmati xodimlari bir guruh mast kişilarni körib qolgan va ularni tartibga çaqirib, jarima yozmoqçi bölişgan. Voqea joyida tortişuv yuzaga kelgan va fuqarolardan biri piçoq bilan hamla qilib, profilaktika inspektoriga tan jarohati yetkazgan.

Voqea joyiga yetib kelgan boşqa xodimlar himoyalaniş maqsadida qurol qöllagani aytilmoqda.

Kun.uz ixtiyoridagi hujjatda aytilişiça, şu tumanda yaşab kelgan 34 yoşli erkak gumonlanuvçi sifatida qidirilmoqda.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi, qasddan odam öldirişga suiqasd böyiça jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirça Boş prokuratura va IIV bu holat böyiça rasmiy xabar bermadi, Kun.uz’ning bu boradagi sörovlari ham javobsiz qoldirilmoqda.