Toşkentda yöl harakatini samarali taşkil etiş, tirbandliklarni kamaytiriş hamda jamoat transporti ustuvorligini ta’minlaş maqsadida bir qator manzillarda örganiş va tahlil işlari amalga oşirildi, deb xabar berdi poytaxt hokimligi.

Qayd qilinişiça, dastlab, Zargar va Botir Zokirov köçalari kesişmasida joylaşgan «Paxtakor» transport ötiş boğlamasida mavjud holat örganilgan. Xususan, jamoat transporti — avtobuslarning boğlamaga kirişi bilan boğliq muammolar atrofliça tahlil qilinib, mazkur masalani hal etiş böyiça çora-tadbirlar belgilangan. Uşbu yeçimlar amalga oşirilgandan söng, jamoat transport yönalişlari soni 11 taga yetkazilib, boğlama orqali kunlik yölovçilar oqimi 37 ming nafargaça oşişi közda tutilmoqda.

Şu bilan birga, Abdulla Qodiriy – Abay köçalari hamda Şarof Raşidov – Osiyo köçalari kesişmalarida transport vositalarining ötkazuvçanligini oşiriş, harakatni samarali boşqariş va jamoat transportiga ustuvorlik beriş yuzasidan tahlil işlari olib borilgan.

Bundan taşqari, Ziyolilar va Kiçik halqa yöli kesişmasida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etiş, Abdulla Qodiriy – Mahtumquli köçalarida harakatni optimallaştiriş hamda yöl belgilarini takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqilgan.

Şuningdek, Avliyo ota köçasi hamda Fidokor köçasida tirbandliklarni kamaytiriş maqsadida transport vositalari uçun bir tomonlama harakat tizimini joriy etiş masalasi muhokama qilingan.

Ta’kidlanişiça, aholi va mehmonlar uçun qöşimça qulaylik yaratiş maqsadida Seoul Mun atrofida transport harakatini tartibga soliş, şu jumladan yöl böyi turargohlarni taşkil etiş böyiça takliflar işlab çiqilmoqda.