Toşkentda Özbekiston va Germaniya taşqi işlar vazirliklari örtasida siyosiy maslahatlaşuvlarning 20-raundi bölib ötdi, deya xabar berdi “Dunyo” AA.

TIV ma’lumotiga köra, Özbekiston delegatsiyasiga taşqi işlar vazirining örinbosari Muzaffar Madrahimov, Germaniya tomoniga esa Germaniya taşqi işlar vazirligining Şarqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari böyiça vakili Niklas Vagner boşçilik qildi.

Muzokaralarda oliy darajada erişilgan kelişuvlarni öz vaqtida va puxta amalga oşiriş mexanizmlari, siyosiy-diplomatik munosabatlarni yanada rivojlantiriş masalalari körib çiqildi. Şuningdek, savdo-investitsiya sohasidagi hamkorlikni faollaştiriş, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytiriş hamda xalqaro taşkilotlar doirasida muloqotni çuqurlaştirişning joriy holati va istiqbollari yuzasidan batafsil fikr almaşildi.

Siyosiy maslahatlaşuv yakunlariga köra, ikki tomonlama hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş va erişilgan kelişuvlarni sifatli bajariş zarurati ta’kidlandi.