2022 yildan beri tuğiliş körsatkiçlari deyarli hamma joyda pasayib borayotganiga qaramay, dunyo aholisi 200 milliondan ortiq kişiga oşdi. Şu bilan birga, Xitoy va Braziliya aholisi kamaygan, Hindiston va Nigeriya esa global demografik ösişning asosiy drayverlariga aylangan.

Taqdim etilgan infografikada BMT (Birlaşgan Millatlar Taşkiloti) ma’lumotlari asosida dunyo aholisining mamlakatlar böyiça taqsimoti körsatilgan. Hindiston aholi soni böyiça dunyoda birinçi örinni egallab, tez sur’atda 1,5 milliard körsatkiçiga yaqinlaşmoqda.

2022–2025 yillar oraliğida Hindiston aholisi, tuğiliş koeffitsiyenti oddiy özini özi qoplaş darajasidan pastlab, bir ayolga 1,9 tuğiliş körsatkiçiga tuşganiga qaramay, taxminan 53 million kişiga oşdi. Şu davrda umr davomiyligi 72 yoşdan oşdi, bu 2000 yilga nisbatan taxminan 10 yilga köproq.

1,4 milliarddan ortiq aholi yaşaydigan Xitoy dunyoda ikkinçi örinda turadi. 2022 yildan beri mamlakat aholisi qariyb 36 million kişiga kamaygan, 2023 yilda esa aholi soni böyiça Hindiston Xitoyni ortda qoldirgan. Demografik pasayişning tezlaşişiga aholining qarişi va rekord darajada past tuğiliş körsatkiçlari sabab bölgan.

Visual Capitalist

2025 yilda aholisi 347 million bölgan AQŞ dunyoda uçinçi örinni egallaydi. Biroq prognozlarga köra, 2050 yilga borib uni Nigeriya ortda qoldiradi: aholining yoş tarkibi nisbatan yoşroq bölgani sabab Nigeriya aholisi ikki baravarga köpayişi mumkin.

Yevropada ham demografik vaziyat murakkabligiça qolmoqda. Italiya aholisi tört yil içida 1 milliondan ortiq kişiga kamaygan, Gretsiya aholisi esa taxminan 400 ming kişiga qisqargan. Har ikki mamlakat dunyoda aholining örtaça yoşi eng yuqori bölgan davlatlar qatorida: Italiyada 48 yoş, Gretsiyada 47 yoş.