Koʻrsatkichlar aholini roʻyxatga olish natijalarini hisobga olgan holda shakllantirilgan.
Aholi soni boʻyicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda - hududda 4 million 462 ming 783 kishi istiqomat qiladi. Ikkinchi oʻrinda 4 million 293 ming 1 kishi bilan Fargʻona viloyati, uchinchi oʻrinda esa 3 million 799 ming 43 kishi bilan Toshkent viloyati turibdi.
Hududlar kesimida doimiy aholi soni:
- Samarqand viloyati - 4 462 783 kishi;
- Fargʻona viloyati - 4 293 001 kishi;
- Toshkent viloyati - 3 799 043 kishi;
- Qashqadaryo viloyati - 3 746 228 kishi;
- Andijon viloyati - 3 574 464 kishi;
- Toshkent shahri - 3 278 512 kishi;
- Namangan viloyati - 3 190 767 kishi;
- Surxondaryo viloyati - 3 030 030 kishi;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi - 2 166 044 kishi;
- Xorazm viloyati - 2 162 068 kishi;
- Buxoro viloyati - 2 125 129 kishi;
- Jizzax viloyati - 1 545 176 kishi;
- Navoiy viloyati - 1 196 559 kishi;
- Sirdaryo viloyati - 965 421 kishi.
Samarqand va Fargʻona aholisi toʻrt milliondan oshgan ikki viloyat boʻlib turibdi. Sirdaryo esa doimiy aholisi bir millionga yetmagan yagona hududdir.
















