Sustainable Development jurnalida çop etilgan tadqiqotda aholi soni va kişi boşiga töğri keladigan isteʼmol tabiiy tizimlarga qanday taʼsir qilişi tahlil qilingan.

Mark Kigan va uning hammualliflari 1970–2020-yillarga oid maʼlumotlarni ekologik bosim bilan boğliq sakkizta körsatkiç böyiça soliştirgan. Ular orasida karbonat angidrid çiqindilari, energiya va suvdan foydalaniş, plastik işlab çiqariş, materiallar isteʼmoli hamda tirik tabiat holatini aks ettiruvçi körsatkiçlar bor.

Şundan söng tadqiqotçilar aholi sonining turli özgariş ssenariylarida natijalar qanday bölişini hisoblagan.

Modelning asosiy ğoyasiga köra, tabiatga umumiy taʼsir ham odamlar soniga, ham har bir kişi hissasiga töğri keladigan ekologik bosimga boğliq. Demak, aholi soni bilan bir qatorda energiya qanday işlab çiqarilişi, resurslar qançalik tejalişi va isteʼmol tarzi ham ahamiyatli.

Mualliflar 2200-yilga borib aholining taxminan 4 milliard yoki undan kam bölişi ssenariysini kişi boşiga ekologik taʼsirni kamaytiriş bilan birgalikda körib çiqqan. Şu bois tadqiqotni «tabiatni faqat aholini ikki baravar qisqartiriş orqali asraş mumkin» degan xulosaga keltiriş töğri emas.

Bu hisob-kitobni BMTning aholi böyiça prognozi bilan ham adaştirmaslik kerak. BMTning World Population Prospects 2024 hisobotida dunyo aholisi 2024-yilda taxminan 8,2 milliard deb baholangan. Örta ssenariyda aholi 2080-yillar örtalarida qariyb 10,3 milliardga yetib, 2100-yilga borib 10,2 milliard atrofiga tuşişi kutilgan.

Ikki hisob-kitobning vazifasi turliça: BMT aholi soni qanday özgarişi mumkinligini baholaydi, mazkur tadqiqot esa uzoq muddatli ekologik ssenariyni örganadi.

2200-yil kabi uzoq muddat uçun natijalar tuğiliş darajasi va umr davomiyligiga oid farazlarga juda boğliq. Bir ayolga töğri keladigan farzandlar sonidagi kiçik farq ham bir neça avlod davomida aholi sonida katta tafovut hosil qilişi mumkin. Şuning uçun «4 milliard» raqamini Yerning özgarmas siğimi deb qabul qilib bölmaydi.

Bundan taşqari, odamlarning tabiatga taʼsiri bir xil emas. Yuqori isteʼmolga ega jamiyat bilan resurslardan kam foydalanadigan jamiyatda aholi sonining bir xil miqdorda kamayişi turliça ekologik natija beradi. Energetikadagi özgarişlar esa çiqindilarni kamaytirişi, ammo boşqa resurslar isteʼmoliga kamroq taʼsir qilişi mumkin.