Germaniyada soya iqtisodiyoti hajmi 2025 yilda 510 mlrd yevroga yetdi. Bu 2014 yildan beri eng yuqori körsatkiç. Bunday ma’lumotlarni öz tadqiqotiga tayanib Tyubingendagi Iqtisodiy tadqiqotlar instituti (IAW) seşanba, 27 yanvar kuni e’lon qildi. Institut baholaşiça, joriy yilda soya sektori 5,5 foizga ösib, 538 mlrd yevroga yetadi.
Şu tariqa soya iqtisodiyotining moliyaviy körsatkiçlari rasmiy yalpi içki mahsulot (YaIM)ga nisbatan 11,4 foizdan 11,6 foizga kötariladi.
IAW soya sektor hajmi ösişining asosiy sabablari sifatida YaIM ösişining sustligi va işsizlik darajasining oşişini keltirdi. Hisobotda qayd etilişiça, bu “rasmiy röyxatdan ötgan mehnat munosabatlaridan tuşadigan daromadlarni kamaytiradi va norasmiy yoki noqonuniy faoliyatga turtki beradi”.
Kutilişiça, 2026 yilda YaIM ösişi 1,2 foiz atrofida böladi, işsizlar soni 2,9 mln kişini taşkil qiladi. Inflatsiyaning prognoz qilingan darajasi — 2 foiz.
Yil boşida minimal iş haqi oşirilgani va qöşimça iş (mini jobs)dan tuşadigan daromad uçun belgilangan çegara miqdor kötarilgani ham soya iqtisodiyoti ösişiga hissa qöşadi — real hisobda 2,4 mlrd yevroga.
Federal statistika idorasi ma’lumotiga köra, 2025 yilda Germaniya YaIM ötgan yilga nisbatan 0,2 foizga ösgan.
Berenberg Bank’ning kon’yunktura böyiça eksperti Feliks Şmidt ta’kidlaşiça, Germaniya iqtisodiyotining avvalgi yillarda sust rivojlanişiga sabablar orasida, jumladan, Rossiya Ukrainaga qarşi boşlagan uruş fonida energiya resurslari narxining yuqoriligi, şuningdek AQŞning bojlari va Xitoy raqobatining kuçayişi tufayli nemis eksportçilariga tuşgan bosim bor.
Uning sözlariga köra, taşqi omillarga içki muammolar ham qöşilgan: ortiqça byurokratiya, işçi kuçi tanqisligi va ijtimoiy ajratmalarning ösişi. Şmidt baholaşiça, “qarz tormozi”ni yumşatiş va federal hukumatning qöşimça xarajatlari 2026 yilda ösiş sur’atlarini yuqoriroq qilişi mumkin.












