Qozoğiston banklaridan biri 7 trln tengeni (deyarli 14 mlrd dollar) «qöşni davlatdan» boşqa davlatlarga «ötkazişga» yordam berdi, dedi prezident Qosim-Jömart Töqayev yiğilişda.
U tarmoq idoralari va Milliy bankka tijorat banklarining noqonuniy yoki şubhali operatsiyalari ustidan nazoratni kuçaytirişni topşirdi.
«Qonun, iqtisodiyot, hatto siyosat nuqtai nazaridan bu, mening fikrimça, dahşatli fakt. Afsuski, firibgarlik moliyaviy sxemalari bilan boğliq bunday faktlar hali ham köp», deb ta’kidladi Töqayev.
Qozoğiston prezidenti qöşni davlat qaysi ekaniga aniqlik kiritmadi, şuningdek, bank nomini ham tilga olmadi.
Bundan taşqari, Qozoğiston kripto-operatsiyalar orqali mamlakatdan kapitalni noqonuniy olib çiqiş böyiça yetakçilardan biri hisoblanadi, deb qöşimça qildi u. Respublikada aylanmasi 62 milliard tengedan (taxminan 124 million dollar) ortiq bölgan 130 dan ortiq noqonuniy kripto ayirboşlaş vositalari yöq qilindi, deb tuşuntirdi u.
2025 yil oktyabrida Yevropa Ittifoqi sanksiyalarining 19-paketi doirasida Rossiyaning «VTB Bank» Qozoğiston filiali Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarşi sanksiyalarni çetlab ötişga yordam berişi mumkin bölgan operatsiyalardagi iştiroki tufayli Yevropa Ittifoqi çeklovlari ostiga tuşdi. Uşbu sanksiyalar Yevropa Ittifoqi mamlakatlari kontragentlari bilan hisob-kitoblarni taqiqlaşni nazarda tutadi, bu esa röyxatga kiritilgan tuzilmalar uçun yevro va dollarda operatsiyalar ötkaziş imkoniyatini çeklaydi.
Vaziyatga javoban Qozoğiston Milliy banki vakillari VTB-Qozoğistonning Yevropa Ittifoqi sanksiyalar röyxatiga kiritilişi butun bank tizimi barqarorligiga tahdid solmasligini va omonatçilar mablağlariga ta’sir etmasligini ma’lum qildi. Şuningdek, hukumat va regulyatorlar vaziyatni kuzatişda davom etayotgani hamda nazorat va xalqaro talablarga rioya qilişning içki mexanizmlarini kuçaytirayotganini ta’kidladi.












