Assalomu alaykum, azizlar. Bugun 1 fevral, yakşanba. Menimça, qişning eng qiyin kunlaridan ötib oldik. Hafta davomida harorat -9 darajagaça tuşdi, ikki kunlab minusdan kötarilmagan holatlar ham böldi. Şimol davlati bölmagan Özbekiston uçun bu jiddiy sinov. Telefondagi ma’lumotlar adaşmayotgan bölsa, kamida keyingi ön kunda keskin sovuq bölmasa kerak.
Lekin hozirça xotirjamlikka berilişga haqqimiz yöq. Qiş baribir oxirgi hamlasini qilib olsa kerak. Axir fevral, ayniqsa uning oxiri hamla qiliş uçun juda qulay fursat. Quyida odatdagidek haftaning muhim voqealarini birgalikda eslaymiz.
Ayoz sulhi
Ikki hafta oldingi dayjestda Stiv Uitkoff Trampga ukrainlar -19 daraja sovuqda issiqlik va svetsiz qolgani haqida aytib bermaydi, degandik. Lekin mister Tramp baribir vaziyatdan xabar topibdi. Balki golf öyinidan keyin çarçab televizor körayotganida oldidan qahratonda issiqliksiz qolgan ukrainlar haqida lavha çiqib qolgan, balki jurnalistlar bu haqda juda köp söragani ta’sir qilgandir.
Xullas, Amerika prezidenti Tramp ukrainlar bunaqa ayozda issiqliksiz qolişi insofdan emas, dedi-da, Rossiya prezidenti Putinga qönğiroq qilib, sovuq kunlar ötgunça Ukraina energiya obektlariga zarba bermaslikni söradi. Putin darrov rozi böldi. Keyin Trampning bu iltimosi Ukraina va Rossiya örtasida bir haftalik energo obektlarga zarba bermaslik böyiça sulhga aylanib ketdi.
Lekin sulh kuçga kirganiga qaramay, Ukraina baribir elektr va issiqlik yetişmasligidan aziyat çekmoqda, Rossiya zarbalari butun mamlakat energiya tizimini işdan çiqarib bölgan. Hozir Ukraina faqat vaqtinça çoralar bilan odamlariga energiya yetkazib beryapti, markazlaşgan tizim izdan çiqqan, Rossiya raketasi yetib bormagan energiya obektlari qolmagan hisob.
Tramp Eronga zarba bermoqçi
Eronda namoyişlar tinçib ketdi. Amerika prezidenti Tramp namoyişçilarga yordam yölda, davom etavering, dedi. Ammo Amerika eronlik namoyişçilarga heç qanday yordam bermadi. Rasmiy xabarlarda ham minglab odamlar öldirilgani tan olindi. Bu esa qurbonlar soni juda köp bölganini anglatadi.
Tramp namoyişlar tinçigan bir vaqtda Eronga zarba beriş bilan tahdid qilyapti. AQŞning USS Abraham Lincoln (CVN-72) aviataşuvçisi boşçiligidagi katta guruhi allaqaçon Eron yaqiniga joylaştirildi. Bu guruh Venesuela sohillariga yuborilgan guruhdan ança katta. Tramp «Eron sohillariga katta armada yuborganini» aytdi.
Amerika prezidenti Tehron yadro kelişuviga rozi bölmasa, zarba berilişi bilan tahdid qildi. Oldinroq Tramp «Eronda rahbariyat özgarişi kerakligini» aytgandi. Amerika hozir Eron eng kuçsizlangan holatda deb biladi va şu sabab tahdidlarni kuçaytirmoqda.
Lekin Tramp Eronning aynan qayeriga zarba berişi, qanday nişonlarni közlaşi aniq emas. Bundan taşqari, AQŞ Tehron bilan yadro kelişuvi imzolaşiga Vaşingtonning asosiy ittifoqçisi Isroil qanday qaraşi ham noma’lum. Obama davrida kelişuv imzolanişiga isroilliklar qarşi bölgan, Tramp birinçi muddatida kelişuvni bekor qilgandi.
Oltin narxi öynadi
Oltin borgani sari eng işonçli jamğarmaga aylanib, narxi rekordlarni «urişda» davom etmoqda. Bir muddat qimmatbaho metallning bir unsiyasi uçun bozor 5600 dollargaça taklif qildi. Lekin 30 yanvar kuni oltin narxida keskin pasayiş kuzatildi. Onlayn savdolar vaqtida qimmatbaho metall narxi 10 foizdan köproqqa qulab, bir unsiyasi uçun narx 5000 ming dollardan ham tuşib ketdi. 2008 yildagi butunjahon inqirozidan buyon bunaqa kunlik tuşiş qayd etilmagandi. Ba’zi naşrlar 1980-yillardan buyon narxlar bir kunda bu darajada qulamaganini yozmoqda.
Iqtisodçilarga köra, bu narx tuşişi Donald Tramp AQŞ Federal zaxira tizimi rahbarligiga sobiq maslahatçisi Kevin Uorş nomzodini ilgari surişi bilan boğliq.
Xullas, Federal zaxira tizimi amalda Amerika markaziy banki vazifasini bajaradi. Tramp regulyatorning hozirgi rahbari Jyerom Pauellni yomon köradi, uni hammaning oldida ahmoq deb atagan. Prezident regulyator asosiy stavkani tuşirişi kerak deb hisoblaydi, Pauell rad etadi. Qiziği, Pauellni bu lavozimga oldingi muddatida Tramp tayinlagan va endi uni işdan ololmayapti, çunki bunga vakolati yöq. Pauellning vakolati may oyida tugaydi va faqat öşandan keyin Trampning sobiq maslahatçisi Kevin Uorş Federal zaxira tizimi rahbari bölişi mumkin.
Uorş Tramp kabi asosiy stavkani tuşiriş kerak deb hisoblaydi. Vaholanki u uzoq yillar inflatsiyaga qarşi kuraşuvçi iqtisodçi sifatida tanilgan. Amerikada asosiy stavka pasayişi kerak deb öylaydigan odam stavkani belgilaydigan moliya taşkilotining ehtimoliy rahbari bölişi dollarni mustahkamladi. Oqibatda Amerika valutasining asosiy raqobatçisi oltin narxi tuşgan. Har holda iqtisodçilar şunday tuşuntirişmoqda.
Ya’ni oltinning qadri tuşib qolgani yöq, şundoğam uning narxi oldingi yillardagidan ança baland, oxirgi narx tuşişi şunçaki iqtisodiy jarayonlar bilan boğliq. Amerika prezidenti ana şunaqa katta odam. Birgina falon odamni falon joyga işga qöymoqçiman, degan gapi bilan butun dunyodagi narx-navoning oyoğini osmondan qilib yuboradi.
Amerikadan arazlagan Yevropa
Donald Tramp ikkinçi muddatga kirişganidan keyin AQŞning Yevropa Ittifoqiga nisbatan ğalati siyosat yuritmoqda. Bir qarasa, «özingni özing himoya qil», deydi, bir qarasa, Amerika qilmagan işlarni ham minnat qiladi, «NATOning Amerikaga heç qanday foydasi tegmagan», deydi. Vaholanki, alyansning 5-moddasi faqat bir marta, aynan Amerikaga hujum qilişganda işga tuşib, ittifoqçilar Amerikaning uruşi uçun qöşin yuborgan.
Yevropaliklar qarasa, Tramp ularni juda yerga urib, kamsitişga kirişdi. Şunda ular ham Amerikaning jiğiga tegadigan işlar qila olişlarini körsatmoqda.
Masalan, hafta davomida Britaniya boş vaziri Kir Starmer iqtisodçilar hamrohligida Xitoyga bordi. Starmer Xitoyni global maydondagi muhim davlat deb atadi va tomonlar savdo, xavfsizlik böyiça kelişuv imzoladi. Ikki tomon ham özaro munosabatlarda qayta tiklaniş boşlanganini bildirdi.
Sakkiz yil deganda ilk marta Britaniya yetakçisi Xitoyga bordi. Pekin bunga javoban britaniyaliklar uçun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etadigan böldi. Britaniyaning maşhur AstraZeneca farmatsevtika kompaniyasi Xitoy iqtisodiyotiga 15 milliard dollar investitsiya kiritadi, ikki tomon juda köp jiddiy kelişuvlar imzolagan. Kir Starmerga safar davomida 50 ga yaqin yirik biznes rahbarlari ham hamrohlik qilgan.
Avvalroq Pekinga Kanada boş vaziri Mark Karni ham borgan va tomonlar yirik kelişuvlar imzolagandi. Xususan, Kanada Xitoy elektrokarlari uçun bojni 100 foizdan 6 foizgaça tuşirdi, bunga javoban Xitoy Kanada yetiştiradigan kolza uruği uçun bojni 84 foizdan 15 foizga tuşirdi. Donald Tramp bunga javoban Kanadaga 100 foizlik boj bilan tahdid qildi.
Yevropa Ittifoqi ham Trampning tahdidlariga jim qarab turgani yöq. Hafta davomida ittifoq yetakçilari Ursula fon der Lyayyen va Antoniu Koşta dunyodagi eng yirik ikki bozordan biri Hindiston bilan savdo kelişuvi imzoladi. Yigirma yilga yaqin davom etgan muzokaralar Trampning iqtisodiy tahdidlari fonida kelişuvga aylanib ketdi.
Hindiston va Yevropa Ittifoqi bojlarni kamaytiriş, savdoni erkinlaştiriş böyiça kelişib olgan. Masalan, Hindiston Yevropada işlab çiqarilgan avtomobillar uçun 110 foizlik bojni 10 foizgaça tuşirişga rozi bölgan. Yevropa tomoni kelişuv ittifoqning 27 davlati va Hindiston örtasida tuzilgani, kelişuv kamida 2 milliard odamga taalluqli ekaniga urğu bergan.
Amerika prezidenti Tramp tahdidlar orqali hammani qörqitib aytganimni qildiraman deb öylagandi. Lekin hozir tahdid zamoni emasligi körinyapti: Amerikaning qöşnisi Kanada Amerikaning asosiy raqobatçisi Xitoy bilan kelişib yuribdi. Yevropa Ittifoqi esa Hindistonday yirik bozorga erkin kiriş imkonini qölga kiritiş arafasida.
Ayoz bilan kuraşayotgan Ukraina
Beş yildan beri qöşnisi Rossiyaga qarşi uruşayotgan Ukraina har yili qişda ayoz bilan kuraşişga ham majbur bölmoqda. Ayniqsa bu yilgi qiş ular uçun juda qiyin keçyapti. Çunki frontda işlari yurişmayotgan Rossiya raketa zarbalari bilan Ukraina energiya tizimini işdan çiqardi.
Ukrainadagi energetika tizimi işdan çiqqani qöşni Moldovada ham elektr bilan boğliq vaziyatni qiyinlaştirgan. Şanba kuni Moldovaning köp qismi «svet»siz qolgan. Ukrainada ham deyarli butun mamlakatda uzilişlar kuzatilgan. Ba’zi yerlarda kunlab elektr bölmasligi mumkin.
Qahratonda qiynalayotgan Ukraina va Moldovaga Yevropa Ittifoqi doimgidek yordam qölini çözdi. Ittifoq ikki davlatga tezkor yordam körsatiş uçun 153 million yevro ajratdi. Ittifoq Ukrainaga qöşimça 947 ta generator yuboradi. Şuningdek, kambağal davlat bölişiga qaramay ukrain qoçqinlarni qabul qilayotgan Moldovaga qöşimça 8 million yevro mablağ ajratiladi.
Ukrainada hozir köp qavatli uylar pastida odamlar sovuqdan ölib qolmasligi uçun maxsus ştablar taşkil etilgan. U yerda odamlar issiq ovqat olişi, telefonlarini quvvatlaşi, yaqinlariga telefon qilişi va navbati bilan issiq örinda uxlab olişi mumkin. Bunaqa ştablarni ayniqsa Kiyevda köp uçratiş mumkin. Ukrainada şu kunlarda ayozli kunlar hukmron. Kamida bir hafta davomida harorat minusdan kötarilmasligi, tunda harorat -23 darajagaça tuşişi kutilmoqda.
Domodedovo sotildi
Hafta davomida Rossiya iqtisodidagi real holatni aks ettiradigan savdo amalga oşirildi. Moskvadagi maşhur Domodedovo aeroporti sotildi. Xaridor ham begona emas, Rossiya poytaxtidagi boşqa bir kattaroq aeroport Şeremetevo raqobatçisini sotib oldi.
Auksion qiziq ötdi. Domodedovo 1,8 milliard dollar boşlanğiç narx bilan sotuvga qöyildi. Odatda savdo davomida narx kötarilib boradi, lekin Şeremetevo raqobatçisini 880 million dollarga sotib oldi. Ya’ni Moskvadagi ulkan aeroport boşlanğiç narxidan 1 milliard dollar arzoniga sotib yuborildi. Lekin yana bir tomoni bor. Endi xaridor Domodedovoning 1 milliard dollar atrofidagi kreditini ham tölaşi kerak böladi.
Domodedovo sotib yuborilişidan avval uni milliylaştirişga ham ulgurişdi. Ya’ni davlat amalda 880 million dollar işlab oldi, qarzlarni ham xaridor tölaydi. Bir qaraşda 1,8 milliard dollar juda katta puldek tuyulişi mumkin, lekin butun boşli Moskvadagi yirik aeroport uçun bu arzimagan pul.
Masalan, bu aeroport 2011 yilda kamida 5 milliard dollarga baholangan. Lekin öşanda samolyotlar Moskvadan butun dunyoga, Yevropaga, Amerikaga uçgan. Ğarbning qimmat aviakompaniyalari samolyotlari har daqiqada qönib, katta pul tölagan.
Hozir esa bu aeroportlar Rossiya şaharlariga, Markaziy Osiyo, Xitoy va yana atrofdagi ba’zi davlatlarga uçadigan manzilga aylanib qoldi. Boy mijozlar yöq – katta pullar ham yöq. Birgina mana şu savdo uruş Rossiyaga nima berganini körsatib qöydi. Omon böling, azizlar. Aytgança, imkoningiz bölsa, boşqa davlatlarga parvoz qilib qoling. Domodedovodanmi, Şeremetevodanmi yoki Samarqanddanmi farqi yöq. Dunyoda pul sarflaşga arzigulik eng yaxşi maşğulot bu sayohatdir.











