Si, Putin va Tramp uçraşişi mumkin
Çin raisi Si Jinpin, Rossiya prezidenti Putin va AQŞ prezidenti Tramp Ukrainadagi uruş masalasida uçtomonlama uçraşuv ötkazişi mumkin ekan. Bunday taklif Tramp bilan telefon suhbati çoğida Putindan çiqqan. Tramp Si rozi bölsa, u ham qarşi emasligini aytgan. Amerika naşrlariga köra, Pekin ham rozi. Uçraşiş uçun bahona ham bor. Noyabrda Xitoyda Osiyo tinç okeani iqtisodiy sammiti ötkaziladi.
Tramp uçraşuvda «jon deb yadro qurolini muhokama qilgan bölişini» aytdi. Göyoki «şunça katta odamlar bittaina Ukraina uçun yiğilib ötirmaymiz» degandek. Lekin asosiy masala aynan Trampga «yöq» deyişga haddi siqqan Ukrainadagi uruş ekaniga şubha yöq.
Braziliya va Isroilda saylov
Hafta boşida Braziliya va Isroilda muhim saylovlar ötkaziladi. Braziliyada 215 million, Isroilda 10 million odam yaşasa ham, dunyo uçun aynan bir burda Isroilda böladigan saylov muhimroq. Çunki Braziliya narigi yarim şarda, u yerda davlatlar tarqoq joylaşgan, qöşnilar örtasida tarixiy daʼvolar dunyo taqidiriga aloqador muammo keltirib çiqarmagan.
Isroil esa dunyoning qoq markazida joylaşib olgan. Netanyahu oxirgi marta hukumatga kelgaç, Yaqin Şarq katta uruş içida qolib ketdi. Şu sabab musulmon va arab olamida, Yaqin Şarqning aksar davlatlarida Netanyahu saylovda yutqazib, ketişini xohlaşmoqda. Bibi esa bundan özining siyosiy piari uçun foydalanib, «Qarang, hamma duşmanlarimiz menga qarşi, ular bizni yöq qilmoqçi, meni saylang, bölmasa, Falastin davlati tuzib olişadi», deb isroilliklarni qörqityapti.
27-oktabr kuni Isroilda parlament saylovlari ötkaziladi. Netanyahu va uni qöllovçi blok baribir kiçik favorit, lekin isroilliklar ham uruşdan sillasi quriganini seziş qiyin emas. Amaldagi boş vazir jamoasi oxirgi yillarda nihoyatda kuçli uruş propagandasi olib bordi. Şunday taʼsirdan keyin ham muxolifat birlaşib, Netanyahuni ketkazsa, bu hayratlanarli natija böladi.
Braziliyada esa vaziyat juda qiziqarli, xuddi mamlakat futbol milliy jamoasining öyinlari kabi. 80 yoşli Lula da Silva avvalgi prezidenti Jair Bolsonaroning katta öğli Flavio bilan kuraşadi. Esingizda bölsa, Lula ötgan saylovda katta Bolsonaroni yenggan, keyin saylovda yutqazgan sobiq prezident qamalgandi. Hozir uning qamoqda ekani öğli uçun siyosiy piar bölib xizmat qilmoqda. Lula va kiçik Bolsonaro bir neça kundan buyon jonli efirdagi debatlarda hukumat uçun kuraşyapti.
Aytgança, Braziliya va Isroildagi saylov kampaniyalarining öxşaşlik jihati ham bor. Ikki kampaniyada ham raqiblar odamlarga nima bera olişi haqida maʼruza sözlaş bilan emas, «raqibiga loy çaplaş bilan» band. Hukumatga kelib olay, qolgani bir gap bölar degan maqsad.















