Prezident Şavkat Mirziyoyev hududlarda aholi bandligi va daromadini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan kengaytirilgan yiğiliş ötkazdi.
Maʼlumki, 3-sentabr kuni davlat rahbari raisligida kambağallikni qisqartiriş va aholi daromadlarini oşiriş böyiça işlarni yangi bosqiçga olib çiqiş masalalari yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazilgan edi. Unda hududlarda işni taşkil etiş tartibi tubdan özgartirilib, asosiy vakolat va resurslarni tuman darajasiga tuşiriş belgilangandi.
Yangi tizimga muvofiq, har bir viloyat va tumanda hokim boşçiligida ştablar taşkil etilib, bandlik idoralari va iqtisodiy kompleks taşkilotlari odamlarni iş bilan taʼminlaş va daromadini oşiriş masalalarini joyning özida hal qilişi lozim.
Bugungi yiğilişda ana şu vazifalar ijrosi, ştablar faoliyati va joylarda mavjud imkoniyatlardan foydalaniş holati tanqidiy körib çiqildi.
Qayd etilganidek, barça hududlarda ştablar iş boşladi. Ularning faoliyatini samarali taşkil etiş uçun iqtisodiy kompleksdan har bir viloyatga 2 nafardan, jami 28 nafar masʼul rahbar biriktirildi. Islohotlar ştabi, vazirliklar, banklar va mahalliy hokimliklar yangi tizim asosida işni boşlagan.
Şu bilan birga, ayrim rahbarlar hali ham işni kabinetdan turib taşkil etayotgani, mahallaga tuşib, har bir oila va har bir korxonadagi haqiqiy holatni örganmayotgani körsatib ötildi. Şavkat Mirziyoyev bunday yondaşuv bilan natijaga erişib bölmasligini taʼkidladi.
Hokimlar kambağallik masalasiga faqat ijtimoiy reyestr nuqtai nazaridan qaramasligi zarurligi qayd etildi. Ijtimoiy reyestr aholini qöllab-quvvatlaş vositasi, kambağallikni qisqartiriş esa oilani barqaror daromad manbaiga boğlaş, iş örni, infratuzilma hamda şaroit yaratiş bilan boğliq kompleks vazifadir.

Yiğilişda har bir tumanda tayyor imkoniyatlarni işga soliş orqali bandlikni oşiriş mumkinligi aniq misollar asosida körsatib ötildi.
Jumladan, Qöşköpir tumanida 43 million yevroga qurilgan, 1 ming 300 ta iş örniga möljallangan töqimaçilik korxonasi yil boşidan buyon işlamay turgani tanqid qilindi. Korxona faoliyati tiklansa, bank tomonidan krizis-menejer jalb etilib, u töliq quvvatga çiqarilişi mumkin.










