2024 yilda Germaniyaga kelgan migrantlar soni 2023 yilga nisbatan ança kamaygan. Umuman olganda, 2024 yilda Germaniya hokimiyatlari GFR hududiga taxminan 1,694 million yangi kelgan çet el fuqarosini qayd etgan. Bu Germaniya federal hukumati migratsiya hisobotidan kelib çiqadi, uning ma’lumotlarini 4 fevral, çorşanba kuni Die Welt naşri e’lon qildi.

Bu körsatkiç 2023 yilga nisbatan 12,3 foizga kam. Şu davr içida Germaniyani 1,264 million kişi tark etgan. Die Welt yozişiça, 2024 yilda migratsiya saldosi (ya’ni Germaniyaga yaşaş uçun kelganlar bilan ketganlar örtasidagi farq) taxminan 430 ming kişini taşkil etgan. Körsatilgan davrda migratsiya saldosi taxminan 35 foizga qisqargan.

Hukumat hisobotida, şuningdek, 2024 yilda Germaniyaga köçib kelganlar orasida Ukraina, Ruminiya, Turkiya, Polşa va Suriyadan kelganlar soni ham kamaygani qayd etilgan — bu davlatlar GFRga köçib keluvçilarning asosiy kelib çiqiş mamlakatlari hisoblanadi. Ayni paytda, Germaniyadan eng köp öz vataniga qaytganlar Ruminiya fuqarolari bölgan: 2024 yilda u yerga 178 290 kişi ketgan (bu Germaniyani tark etganlar umumiy sonining 14,1 foizi).

Şu bilan birga, 2024 yilda naturalizatsiya — ya’ni çet elliklar tomonidan nemis fuqaroligini oliş — 2000 yildan beri statistik hisob yuritila boşlanganidan buyon eng yuqori darajaga çiqqan. Hukumat migratsiya hisobotiga köra, 2024 yilda 292 020 kişi nemis fuqaroligini olgan — bu 2023 yilga nisbatan 45,9 foizga köp.

Die Welt eslatişiça, bunday keskin ösiş öşa paytdagi “svetofor koalitsiyasi” qabul qilgan fuqarolik töğrisidagi qonun islohoti bilan boğliq. Yangi qoidalar mamlakatda yaşaşning minimal muddatini 8 yildan 5 yilga, alohida integratsiya holatida esa 3 yilgaça qisqartirgan. Tezlaştirilgan fuqarolik beriş tartibi esa kansler Fridrix Mers hukumati hokimiyatga kelganidan keyin bekor qilingan.

Umuman olganda, 2024 yilda Germaniya aholisi tarkibida xorijliklar uluşi taxminan 12,4 million kişigaça, ya’ni mamlakat umumiy aholisining 14,8 foizigaça oşgan. Hukumat hisobotiga köra, bu 1990 yildan beri eng yuqori körsatkiç hisoblanadi.