6 fevral kuni Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligida ötgan jamoatçilik kengaşi yiğilişida 2025 yilda qança korrupsion jinoyat kuzatilgani va ularning sohalar kesimidagi uluşi ma’lum qilindi.
Qayd etilişiça, ötgan yilda 6 373 nafar şaxs tomonidan 5 222 ta jinoyat sodir etilgan. 2024 yilda bu raqam 5 716 tani taşkil etgan. Hududlar kesimida korrupsiyaviy işlar Farğona va Surxondaryo viloyatlarida köpaygan, Xorazm, Qaşqadaryo, Toşkent hamda Samarqand viloyatlarida esa kamaygan.
2025 yilning eng köp korrupsiyaga yöl qöygan taşkilotlari deb Maktabgaça va maktab ta’limi, Soğliqni saqlaş vazirliklari hamda mahalliy hokimliklar topilgan.
“Tuman-şahar darajasida korrupsion jinoyatlar böyiça 12 nafar hokim javobgarlikka tortilgan. [Jinoyatlar] 300 dan köp mahalliy hokimliklarga töğri keladi va ularning ham aksariyat, 80-90 foizdan köpi hokim yordamçilari bilan boğliq. Va biz buni tahlil qildik, örgandik. Bu yerda juda ham köp korrupsiyaviy omillar bölgani uçun ularda mana şu jinoyatlar köp bölgan.
Va biz hozir öşa subsidiya beriş, imtiyozli kreditlar ajratişni inson omilisiz, ya’ni hokim yordamçisiga boğliq bölmagan holda, mahalla yettiligi, kollegial qaror qabul qiliş va inson omilisiz raqamlaştiriş çoralarini kördik. Öylaymanki, xuddi autsorsingni aytganimdek, 2026 yilda hokim yordamçilari tomonidan sodir etiladigan korrupsiyaviy jinoyatlar salmoği keskin kamayişiga erişiladi”, – dedi Burhonov.
Qöşimça qilinişiça, hokimliklar kesimida eng köp korrupsiyaviy jinoyatlarni Toşkent şahri – 612 ta, Toşkent viloyati – 584 ta, Farğona viloyati – 455 ta sodir etgan.








