8 fevral kuni tongda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Dubayda Rossiya fuqarosi, 65 yoşli Lyubomir Korba RF qurolli kuçlari Boş ştabi Boş boşqarmsi (sobiq GRU) boşliğining birinçi örinbosari, general-leytenant Vladimir Alekseyevga uyuştirilgan suiqasd böyiça gumonlanuvçi sifatida qölga olingani hamda RFga topşirilganini ma’lum qildi. Korba allaqaçon Moskvaga yetkazilgan va hibsga olingan. FXX uni «jinoyatning töğridan töğri ijroçisi» deb atagan. 

Iş doirasida yana ikki gumonlanuvçi bor – RF fuqarosi, 66 yoşli Viktor Vasin hamda RF fuqarosi, 54 yoşli Zinaida Serebritskaya. Maxsus xizmatlarga köra, Vasin Moskvada qölga olingan, Serebritskaya «Ukrainaga jönab ketiş»ga ulgurgan. 

RF mudofaa vazirligi general-leytenanti Vladimir Alekseyevga suiqasd 6 fevral kuni tongda amalga oşirilgandi. Generalga Moskvaning Volokolamskoye şossedagi uyi pod’yezdi oldida bir neça bor öq uzilgan. Alekseyev oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgan. 7 fevral kuni general operatsiyadan keyin öziga kelgani xabar qilindi. 

Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Alekseyevga uyuştirilgan suiqasd «Zelenskiy rejimining muzokaralar jarayonini buzişga qaratilgan doimiy provokatsiyalarga intilişini tasdiqlaşi» haqida gapirdi. Ukraina taşqi işlar vaziri Andrey Sibiga Kiyevning suiqasdga aloqadorligi haqidagi ayblovlarni rad etdi.

FXX kuzatuv kameralaridan olingan kadrlarni ham e’lon qilgan, ularda suiqasd ijroçisi qurolni qor uyumi içiga taşlab ketganini köriş mumkinligi aytilgan.

Keyinroq Tergov qömitasi ham bayonot bilan çiqdi. Unda Korba – Ternopil oblastidan (Ukraina) ekani aytiladi. Tergovçilar versiyasiga köra, u Moskvaga 2025 yil dekabr oyi oxirida Ukraina maxsus xizmatlarining terakt amalga oşiriş böyiça topşiriği bilan kelgan. Tergovçilar voqea joyidan Makarov töpponçasini topişgan, unda ovoz pasaytirgiç hamda uçta patron bölgan.

«Agenstvo» internetda sizdirilgan ma’lumotlarga tayanib, Korba 2021 yilda Xanti-Mansiysk avtonom okrugining Nyagani şahrida röyxatdan ötgani (u bu yerga Ternopol oblastidan qaçon kelgani aniq emas) haqida xabar bergan. U bu yerda mexanizator bölib işlagan. Keyinroq u Moskva oblastining Ramensk şahrida hamda Moskva şahridagi Boytsovaya köçasida yaşagan. Kuçişlatar tuzilmalarga yaqin hisoblangan «Baza» telegram-kanaliga köra, Korbada Ukraina fuqaroligi ham bölgan; TASS manbasi ham bu ma’lumotni tasdiqlaydi. U  2001 yilda Rossiya pasportini olgan.

«Baza», «Agenstvo», TASS va «112» telegram-kanali yozişiça, Korba va Vasin köp yillardan buyon taniş bölişgan. Xususan, 2016 yilda Korba Vasinga ikki marta pul ötkazib bergan (jami 4,5 ming rubl). «Baza» ma’lumotiga köra, Vasin va Korba 2015 yilda ofitserlik kurslarida tanişişgan («112» ma’lumotiga köra, ular bir-birini 20 yildan buyon bilişadi). 

Vasin Oltoy ölkasining Biysk şahrida tuğilgan, turli yillarda «Jilişçnik» davlat budjet muassasasida, Novvoylik sanoati ilmiy-tadqiqot institutida hamda Respublika fanlar akademiyasi Molekulyar biologiya institutida işlagan. «Baza» Vasinni sobiq ofitser hamda Moskvadagi qaysidir kompaniyaning xavfsizlik bölimi sobiq boşliği deb atagan. «112» yozişiça, u Budyonniy nomidagi Harbiy aloqa akademiyasi filialini tamomlagan, şuningdek, SSSR qurolli kuçlari Markaziy ofitserlar klubida «sun’iy yöldoş aloqasi böyiça malakasini oşirgan». «Baza» iddaosiga köra, Vasinning qarzlari bölgan, şuning uçun Korbaga yordam berişga rozilik bildirgan. Kanal ma’lumotiga köra, Korbaga ovoz pasaytirgiçli Makarov töpponçasini aynan u yetkazib bergan. Bu ma’lumotni tasdiqlovçi dalil yöq. «Novaya gazeta Yevropa» va «Agenstvo» Vasinning nomini Korrupsiyaga qarşi kuraşiş fondi tarafdorlarining internetga sizdirilgan röyxatida uçratgan.

Suiqasd işidagi uçinçi figurant Zinaida Serebritskaya general Alekseyev bilan bitta uyda yaşagan, deb yozmoqda kuçişlatar tuzilmalarga yaqin bölgan Shot telegram-kanali. «Novaya gazeta Yevropa» uşbu ayol Volokolamskoye şosse, 24-manzilidagi uyda yaşovçilarning guruhlarida yozib kelganini aniqlagan. U guruhda retseptlar bilan bölişgan, kiriş eşigi domofoni kodini söragan hamda batareyalar yaxşi isitmayotganidan noligan. Shot ma’lumotiga köra, avval Zinaidaning familiyasi Antonyuk bölgan, ammo RF fuqaroligini olganida (bu qaçon bölgani aniq emas), familiyasini özgartirgan. U Alekseyev yaşaydigan bu uyga 2025 yil dekabrida köçib kelgan. Internetga sizdirilgan ma’lumotlarga köra, Antonyuk Ukrainaning Luhansk oblasti Slavyanoserbskiy rayoni Xoroşeye qişloğida tuğilgan. «Baza» ma’lumotiga köra, uşbu ayol generalning kun tartibi böyiça ma’lumot yiğiş bilan şuğullangan.

«U uyda qaçon bölişi, iş jadvali haqida ma’lumot töplagan. Şuningdek, ayol generalning qöşnilari bilan muloqot qilib, uning hayoti haqida ma’lumot töplagan. U çat yordamida podezdlardagi domofon kodini va kuzatuv kameralari qayerda joylaşganini bilib olgan», – deydi TASSning huquq-tartibot idoralaridagi manbasi.