Şaydorov qisqa dastur (92,94 oçko) va erkin dasturda (198,64 oçko) jami bölib 291,58 oçko töpladi. Qisqa dasturdan keyin u faqat 5-örinda borayotgan, turnirning asosiy favoritlarini oldinga ötkazib yuborgan edi. Kumuş medalni yaponiyalik Yuma Kagiyama (280,06 oçko), bronzani esa uning hamyurti Syun Sato (274,90 oçko) qölga kiritdi.

Erkaklar örtasida yakka figurli uçişda asosiy favorit sifatida amerikalik, ikki karra jahon çempioni Ilya Malinin körilgan. U qisqa dastur yakunlariga köra yetakçi edi, ammo erkin dastur vaqtida ikki marta yiqilib tuşdi. Natijada Malinin 264,49 oçko bilan 8-örinni egalladi. Rossiyalik Pyotr Gumennik, Milanda neytral maqomda iştirok etgan holda, 271,21 oçko bilan 6-örinni oldi.

Mixail Şaydorov 21 yoşda. U — 2025 yilgi jahon çempionatining kumuş medali sohibi va Tört qit’a çempionati-2025 ğolibi. Uning murabbiyi — 1994 yil Olimpiada çempioni Aleksey Urmanov. Şaydorov musobaqalarda uç karra aksel – tört karra tulup kaskadini bajargan tarixdagi birinçi figurist böldi.

Bundan oldin Qozoğistonning qişki Olimpiadalardagi yagona oltini Lillexammer-1994 Olimpiadasida qölga kiritilgan — öşanda çanğiçi Vladimir Smirnov 50 km masofada klassik uslubda ğolib çiqqan. Figurli uçişda esa Qozoğiston terma jamoasida Olimpiada bronzasi ham bor — uni Denis Ten Soçi-2014da qölga kiritgan.