“Dori vositalarini davlat röyxatidan ötkaziş jarayonida samaradorligi örganilgan, lekin isbot topmagan hamda samaradorligi örganilmagan dori vositalarini aniqlaş tartibi töğrisida”gi nizom loyihasiga köra, dori vositalarining samaradorligi Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi tomonidan davlat röyxatidan ötkazişning ixtisoslaştirilgan ekspertizasi jarayonida örganiladi.
Loyihada dori vositalarining dalillarga asoslangan tibbiyotga muvofiqligi Soğliqni saqlaş vazirligining soha yönalişlari böyiça kamida 40 nafar mustaqil ekspertdan taşkil topgan Ilmiy komissiyani jalb qilgan holda aniqlanişi nazarda tutilgan.
Mustaqil ekspert sifatida tibbiyot yoki farmatsevtika fanlari böyiça DSc yoki PhD ilmiy darajasiga ega, mutaxassisligi böyiça kamida 10 yillik iş stajiga ega, şu jumladan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari yoki ilmiy-tadqiqot (klinik) muassasalarida amalda mehnat faoliyatini olib borayotgan hamda davlat tilida rasmiy hujjat yuritiş salohiyatiga ega şaxslar jalb etilişi mumkin.
Nizom loyihasiga köra, Ilmiy komissiya dori vositalarini uç toifaga ajratiş böyiça qaror qabul qiladi: samaradorligi örganilgan va isbot topgan, samaradorligi örganilgan, lekin isbot topmagan, hamda samaradorligi örganilmagan dori vositalari.
Qabul qilingan qarorlar asosida vakolatli organ samaradorligi isbotlangan preparatlarni davlat röyxatidan ötkazişi, isbot topmaganlari böyiça qayta baholaş (ekspertiza) ötkazişi, samaradorligi örganilmagan dori vositalari uçun esa davlat röyxatidan ötkazişni rad etişi mumkin.
Şuningdek, Ilmiy komissiya qarori bilan şakllangan röyxatlar qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 1 iş kuni içida vakolatli organning rasmiy veb-saytida e’lon qilinişi qayd etilgan.












