Loyihaga köra, maxsus rejim iştirokçisi sifatida röyxatdan ötiş uçun murojaat qiluvçi ariza beruvçi tuşunçasi qayta körib çiqilmoqda. Unga muvofiq, Özbekiston rezidenti bölgan yuridik şaxslar bilan bir qatorda tan olingan çet el yurisdiksiyalarida röyxatdan ötgan norezident yuridik şaxslar ham murojaat qilişi mumkin.

Hujjatda vakolatli organ tomonidan qöllanadigan “asoslantirilgan fikr” tuşunçasini joriy etiş taklif etilmoqda. U qimmatli qoğozlar bozori iştirokçilari faoliyati ustidan nazorat jarayonida olingan ma’lumotlar va boşqa işonçli manbalarga asoslangan professional bahoni anglatadi.

Yangi normalarga köra, agar nizomda alohida qoida nazarda tutilmagan bölsa, maxsus rejim doirasida qimmatli qoğozlar bozoriga oid amaldagi qonunçilik normalari qöllanadi.

Loyihada “Qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysi” va “Toşkent” respublika fond birjasi maxsus rejim iştirokçisi sifatida alohida röyxatdan ötmasdan ham uşbu rejim doirasida operatsiyalarni amalga oşirişi mumkinligi belgilanmoqda. Şu bilan birga, ularga maxsus rejim iştirokçilari uçun belgilangan ayrim çeklovlar va majburiyatlar tatbiq etilmasligi nazarda tutilgan.

Şuningdek, çet el investitsiya vositaçilari va nominal saqlovçilari uçun imkoniyatlar kengaytirilib, ularga Özbekiston qimmatli qoğozlar bozorida faoliyat yuritiş, depo va bank hisobvaraqlarini oçiş, ayrim operatsiyalarni litsenziyasiz va filial taşkil etmasdan amalga oşirişga ruxsat beriş taklif etilmoqda.

Loyihada korporativ obligatsiyalarni çet el valutasida çiqariş va hisob-kitob qilişga ruxsat beriş, qimmatli qoğozlarni benefitsiar mulkdor özgarmagan holda “tölovsiz yetkazib beriş” tartibida ötkaziş soliq majburiyatini keltirib çiqarmasligi kabi qoidalar ham nazarda tutilgan.

Bundan taşqari, maxsus rejim iştirokçisi sifatida röyxatdan ötişni rad etiş va uşbu maqomdan mahrum qiliş asoslari kengaytirilib, notöğri ma’lumot taqdim etiş, qonunbuzilişlar, hisobot taqdim etmaslik yoki vakolatli organning asoslantirilgan fikri mavjud bölişi kabi holatlar qamrab olinmoqda.