Ma’lum qilinişiça, xavf quyidagi hududlarda kuzatilişi ehtimoli bor:
- Qaşqadaryo viloyatida — Yakkaboğ, Dehqonobod, Çiroqçi, Kitob, Şahrisabz, Qamaşi, Ğuzor tumanlari;
- Surxondaryo viloyatida — Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Şerobod, Şörçi, Qumqörğon, Muzrobod tumanlari;
- Samarqand viloyatida — Urgut, Samarqand, Bulunğur, Nurobod, Qöşrabot, Kattaqörğon, Payariq, Jomboy, Iştixon tumanlari;
- Navoiy viloyatida — Xatirçi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlari;
- Jizzax viloyatida — Zomin, Baxmal, Ğallaorol, Şarof Raşidov, Foriş, Yangiobod tumanlari;
- Toşkent viloyatida — Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örtaçirçiq, Yuqoriçirçiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq şaharlari;
- Namangan viloyatida — Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan, Yangiqörğon tumanlari;
- Farğona viloyatida — Söx, Şohimardon, Farğona, Beşariq tumanlari;
- Andijon viloyatida — Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod, Marhamat tumanlari va Xonabod şahri.
Mutaxassislar toğoldi va toğli hududlarda istiqomat qiluvçi hamda dam oluvçi fuqarolarni, şuningdek, uşbu hududlarda harakatlanuvçi haydovçilarni ehtiyotkorlik çoralarini körişga çaqirmoqda.
Şuningdek, respublikaning ayrim hududlarida yomğir suvlari töplanişi ehtimoli mavjud bölib, bu ayrim joylarda suv bosişi holatlarini keltirib çiqarişi mumkin. Fuqarolarga xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etiş tavsiya etilmoqda.












