Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Tokioda Yaponiyaning Onodera User Run kompaniyasi prezidenti Jun Kato bilan uçraşdi. Bu haqda vazir özining Telegram-kanalida maʼlum qildi.

Onodera User Run xorijiy kadrlarni tayyorlaş, tanlaş va işga joylaştirişga ixtisoslaşgan kompaniya hisoblanadi.

Uçraşuvda kompaniyaning Özbekiston fuqarolarini Yaponiyada iş bilan taʼminlaşga qaratilgan loyihalari muhokama qilindi. Baxtiyor Saidov Özbekiston tomoni uşbu taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşini bildirdi.

Şuningdek, Özbekistonning boşqa hududlarida ham yangi taʼlim markazlarini taşkil etiş va yoşlarni kasbiy tayyorlaş kölamini kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

TIV rahbariga köra, Özbekiston tomoni Yaponiya bilan kadrlar tayyorlaş, aholi bandligini taʼminlaş va investitsiyalar sohalaridagi hamkorlikni yangi özaro manfaatli loyihalar bilan kengaytirişga tayyor.