Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Salvadorning yangi elçisi Yuriy Pavel Santakrus Perdomoni qabul qildi.

TIV rahbarining ma’lum qilişiça, uçraşuvda elçidan işonç yorliqlari qabul qilindi hamda unga diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilandi. Şuningdek, Özbekiston Salvadorni Markaziy Amerikadagi istiqbolli şeriklaridan biri sifatida körişi va mamlakatlar örtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda boşqa sohalardagi hamkorlikni izçil rivojlantirişdan manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Tomonlar ikki davlat munosabatlarini yangi bosqiçga olib çiqiş uçun yaqin hamkorlik qilişga tayyor ekanini bildirdi.

Ma’lumot uçun, Özbekiston va Salvador örtasida diplomatik munosabatlar 2014 yil 3 dekabrda örnatilgan. Yuriy Pavel Santakrus Perdomo qarorgohi Moskva şahrida joylaşgan holda Salvadorning Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmanistondagi elçisi ham hisoblanadi.