Özbekiston va AQŞ Oy, Mars, kometalar va asteroidlarni tinçlik maqsadlarida foydalaniş hamda tadqiq etiş böyiça hamkorlik tamoyillarini belgilovçi «Artemida» bitimlarini imzoladi, deya xabar berdi taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov.

Taʼkidlanişiça, hujjat Özbekistonning NASA va boşqa iştirokçi davlatlar kosmik agentliklari bilan hamkorligini kengaytiriş, milliy kadrlarni tayyorlaş hamda kosmik texnologiyalar transferi uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Özbekiston «Artemida» kelişuvlarini imzolagan 77-davlat böldi.

AQŞ davlat kotibi Marko Rubio ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan muzokaralar ötkazgani haqida xabar yozib qoldirdi.

Tomonlar AQŞ va Özbekiston örtasidagi strategik hamkorlikni, jumladan, infratuzilma, koinot, muhim minerallar va "C5+1" diplomatik platformasi orqali hamkorlikni çuqurlaştirişni muhokama qilişgan.

«Biz mamlakatlarimiz va mintaqamiz farovonligini taʼminlaş yölida birgalikda harakat qilmoqdamiz», – deya yozadi Rubio.