Özbekiston TIV Yaqin Şarq mintaqasidagi vaziyatning keskinlaşuvi munosabati bilan BAA, xususan, Dubay şahrida bölib turgan Özbekiston fuqarolariga murojaat bilan çiqdi.
Unda xavfsizlik nuqtayi nazaridan mahalliy qonun-qoidalar va rasmiy idoralar körsatmalariga töliq amal qiliş, zaruratsiz köçaga çiqmaslik va odamlar gavjum joylardan uzoqroq böliş, faqat rasmiy axborot manbalariga tayaniş kerakligi aytilgan.
Boş konsulxona Dubay şahrida bölib turgan fuqarolardan quyidagi havola orqali ötib vaqtinçalik konsullik hisobiga turiş anketasini töldirişni söradi. Qayd etilişiça, uşbu röyxatdan ötiş ma’lumotlarni yangilaş va Dubay şahrida vaqtinçalik bölib turgan Özbekiston fuqarolarining taxminiy sonini aniqlaş, şuningdek, zarurat tuğilganda tezkor aloqani ta’minlaş uçun zarur. Mazkur hisobga oliş faqatgina axborot xususiyatiga egaligi, evakuatsiya bilan boğliq emas.
Vazirlik BAAdagi özbekistonliklar xavfsizligini ta’minlaş uçun barça çoralar körilayotganini bildirdi.
«Yaqin Şarq mintaqasidagi vaziyatning keskinlaşuvi munosabati bilan Özbekiston Taşqi işlar vazirligi hamda BAAdagi diplomatik vakolatxonalari fuqarolarimiz xavfsizligini ta’minlaş böyiça barça zarur çoralarni körmoqda», – deyiladi xabarda.
Özbekiston diplomatlari BAAdagi vatandoşlardan vakolatli organlarning talab va tavsiyalariga qat’iy rioya qilişni hamda tasdiqlanmagan ma’lumotlarni e’lon qilmaslikni ham söragan.
Bundan oldinroq Özbekiston TIV Yaqin Şarqdagi vaziyat keskinlaşgani sababli mintaqadagi fuqarolar uçun tavsiyalarni, şuningdek, diplomatik vakolatxonalar bilan boğlaniş uçun tezkor aloqa raqamlarini e’lon qilgandi.













