Eron milliy xavfsizlik oliy kengaşi kotibi Ali Larijoniy Yaqin Şarqdagi harbiy töqnaşuvlar fonida qöşni mamlakatlarga murojaat qildi.

U Tehron qöşni davlatlarga hujum qilmoqçi emasligini bildirdi.

«Biroq agar sizning mamlakatingizda joylaşgan bazalardan bizga qarşi foydalaniladigan bölsa va Qöşma Ştatlar mintaqada bu bazalardan foydalanib amaliyot ötkazadigan bölsa, u holda bu bazalarga zarba beramiz», — deb yozdi u X tarmoğida.

Larijoniyning sözlariga köra, AQŞ harbiy bazalari hududi Amerika hududi hisoblanadi.

14 yanvarda Tehron AQŞning Yaqin Şarqdagi ittifoqçilarini agar AQŞ Eronga hujum qilsa, Tehron Yaqin Şarq davlatlari hududidagi AQŞ bazalariga zarba berişi haqida ogohlantirgandi.

28 fevral kuni AQŞ va Isroil Eronga zarbalar berdi. Eron bunga javoban Isroil va AQŞning harbiy bazalari joylaşgan Bahrayn, Kuvayt, Qatar va BAAga raketa zarbalari yölladi.