“Dunyo” AA xabar berişiça, forum davomida Polşaning Maxitrade Sp. z.o.o. kompaniyasi Qaşqadaryo tadbirkorlari bilan hamkorlikda mamlakat hududida Savdo uyini taşkil etişga tayyorligini bildirdi. Mazkur taşabbus özbek mahsulotlarini Yevropa bozorlariga olib çiqiş va eksport hajmini kengaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.

Taşrif doirasida Qaşqadaryo viloyati hokimligi va işbilarmon doiralari vakillari Polşaning iqtisodiy jihatdan rivojlangan hududlaridan biri — Quyi Sileziya voyevodaligida muzokaralar ötkazdi. Uçraşuvlarda hududning energetika, kimyo sanoati, quriliş materiallari va töqimaçilik sohalaridagi salohiyati taqdim etildi.

Şuningdek, EnHive kompaniyasi Qaşqadaryo eksportçilariga Yevropa bozorlariga çiqişda amaliy kömak beriş istagini bildirdi.

Taşrifning amaliy natijasi sifatida, Qaşqadaryoning Jaxs metal master MÇJ va Polşaning Soda Pluss kompaniyalari örtasida Özbekistonda gastronomiya jihozlari işlab çiqariş böyiça qöşma loyihani amalga oşiriş yuzasidan kelişuv imzolandi. Polşalik mutaxassislar aprel–may oylarida loyihani yakuniy bosqiçga olib çiqiş maqsadida Qaşqadaryoga taşrif buyuradi.

Tomonlar hududlararo hamkorlikni izçil davom ettiriş va yangi investitsiya loyihalarini amalga oşiriş böyiça kelişuvga erişgan.