Ma’lum qilinişiça, hodisa yuzasidan tegişli taşkilotlar tomonidan tezkor örganiş işlari olib borilmoqda. Ayni paytda şahar va viloyat hududida daydi hayvonlarni nazorat qiliş, ularni tutiş hamda belgilangan maxsus joylarda saqlaş işlari kuçaytirildi.

Körilgan çora-tadbirlar natijasida öquvçi bolaga hujum qilgan it Angren şahar obodonlaştiriş bölimi daydi hayvonlarni tutiş guruhi tomonidan uşlandi. Itga nisbatan tegişli tartibda akt tuzilib, maxsus saqlaş joyiga olib borilgan.

Şuningdek, viloyat hokimligi mas’ullari iştirokida ötkazilgan şoşilinç muhokamada obodonlaştiriş xizmati, veterinariya bölimi, sanitariya-epidemiologik osoyiştalik xizmati hamda boşqa mutasaddi idoralarga tezkor çora-tadbirlarni amalga oşiriş böyiça topşiriqlar berildi.

Xususan, aholi xavfsizligini ta’minlaş, daydi hayvonlarni tutiş va zararsizlantiriş hamda kelgusida bu kabi holatlarning oldini olişga qaratilgan tizimli işlar kuçaytirilmoqda.

Ma’lum qilinişiça, mazkur masala alohida nazoratga olingan bölib, jamoatçilik xavfsizligini ta’minlaş borasida barça zarur çoralar köriladi.