Toşkent şahar hokimi apparati rahbari Ş. Mamajonov, zoohimoyaçi, «Hayot» qarovsiz itlar boşpanasi asosçisi, deputat I. Matkarimova, obodonlaştiriş sohasi va qarovsiz jonivorlarni tutiş xizmati rahbarlari iştirokida işçi yiğiliş bölib ötdi.

Yiğilişda poytaxtda daydi itlar uçun ixtisoslaştirilgan boşpana taşkil etiş masalasi muhokama qilindi.

Qayd etilişiça, bu orqali jonivorlarni xavfsiz va insonparvar usulda tutiş, veterinariya körigidan ötkaziş, emlaş, sterillaş, davolaş, vaqtinça saqlaş, şuningdek, ular uçun yangi egalar topişni öz içiga olgan yaxlit tizim yaratiladi.

“Loyihani amalga oşiriş yuzasidan keyingi qadamlar belgilab olindi. Bu işga soha mutaxassislari, veterinar şifokorlar, jamoatçilik va köngillilar hamjamiyati vakillari jalb etiladi”, deyiladi Toşkent şahar hokimligi axborot xizmati xabarida.