Jazoni ijro etiş muassasalarida jazo ötayotgan mahkumalarga oliygohlarga kiriş va masofaviy öqiş imkoniyati yaratiladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Köksaroy qarorgohida taşkil etilgan bayram tadbirida ma’lum qildi.

Ta’kidlanişiça, jazoni ijro etiş muassasalarida jazoni ötayotgan ayollarning köpçiligi örta ma’lumotli, kasbi yoki hunari yöq. Ayrimlari oliy ta’lim muassasalarida öqiş istagini bildirgan.

Şu bois bunday xotin-qizlar bilan manzilli işlaş böyiça “Yangi hayot” dasturi boşlanadi. Ular 3-6 oy kasb dasturlarida öqitilib, sertifikat oladi.

OTMga kirmoqçi bölganlar jazoni ijro etiş muassasalarining özida imtihon topşiradi. Kontrakt asosida öqişga qabul qilinganlarga jazoni ötab, işga joylaşgandan keyin qaytariş şarti bilan foizsiz ssuda ajratiladi.