Özbekistonda ipakçilik sohasini yangi tizim asosida rivojlantiriş hamda ozuqa bazasini mustahkamlaşga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlarga oid prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan, 2030 yilgaça ipakçilik sohasini rivojlantiriş böyiça bir qator asosiy maqsadli körsatkiçlar belgilandi.

Jumladan, tirik pilla yetiştiriş hajmi 2026 yilda 30 ming tonnadan 2030 yilda 36 ming tonnaga yetkaziladi. Eksport hajmi 2026 yildagi 120 million dollardan 2030 yilda 300 million dollarga yetkaziladi.

Ipak qurti uçun ozuqa bazasini oşiriş uçun 200 million tup tut köçati ekiladi. Buning natijasida ozuqa bazasi 45 foizga oşadi.

Şuningdek, pillani çuqur qayta işlaş darajasini 2026 yilda 30 foizga, 2030 yilda 75 foizga yetkaziş rejalaştirilgan.

Hujjatga köra, har yili kamida 500 ming mavsumiy va 50 ming doimiy iş örni yaratiş közda tutilmoqda.