Yiğilişda 2026 yilda iqtisodiyot tarmoqlarida yangi loyihalarni amalga oşiriş hisobidan sanoatda 8,6 foizlik ösişni ta’minlaş, 3,5 milliard dollar investitsiya hisobiga 727 million dollarlik mahsulot eksport qiliş rejalaştirilgani qayd etildi. Natijada viloyat iqtisodiyoti 8,2 foizga, xizmatlar 15,9 foizga, quriliş 13,2 foizga, qişloq xöjaligi 5,8 foizga ösişi kutilmoqda.

Sanoatda 1,7 milliard dollarlik 195 ta loyihani işga tuşiriş, işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş hamda mikrosanoat markazlari taşkil etiş orqali tarmoqlarda yuqori ösiş sur’atlarini ta’minlaş zarurligi qayd etildi.

Viloyatda qator yirik sanoat loyihalarini amalga oşiriş rejalari haqida axborot berildi. Jumladan, mato, kiyim-keçak va gigiyenik vositalar, qişloq xöjaligi texnikasi va uskunalari, elektr avtomobillari uçun quvvatlaş stansiyalari, fibrosementli panellar va devor plitalarini işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etiş közda tutilgan.

Şuningdek, Muborak maxsus innovatsion sanoat zonasi va Qarşi yaşil texnologiyalar sanoat zonasini taşkil etib, 2026-2027 yillarda ularda 1,1 milliard dollardan ziyod bölgan 36 ta loyihani amalga oşiriş va 6 mingga yaqin yangi iş örni yaratiş rejalaştirilgan.

Yangi yondaşuvlar asosida mahallalarni çuqur va örta ixtisoslaştiriş, imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratiş hisobiga kambağallikni qisqartiriş zarurligi körsatib ötildi. Xususan, mahallalarda 820 milliard sömlik kreditlar, 52,3 milliard sömlik ssuda va subsidiyalar ajratiş, özini özi band qilganlarni qöllab-quvvatlaş orqali 48 mingta tadbirkorlik sub’yekti taşkil etiladi, 31 mingta mikroloyiha amalga oşiriladi.

Natijada 2026 yil yakuniga qadar işsizlikni 3,2 foizga, kambağallikni 3 foizga tuşiriş, bunda Ğuzor, Qamaşi, Kökdala, Mirişkor, Şahrisabz va Yakkaboğ tumanlarini kambağallik va işsizlikdan xoli hududga aylantiriş maqsad qilingan.

Dunyoda göşt narxlari oşib borayotgan hozirgi şaroitda viloyatda çorvaçilik va ozuqa bazasini mustahkamlaş, yaylov yerlaridan unumli foydalaniş böyiça yangi tizim joriy etilayotgani ta’kidlandi.

Bunda 2030 yilgaça 200 ming gektar, şu jumladan, 2026 yilda 15 ming gektar yerni özlaştiriş, infratuzilma bilan ta’minlaş orqali ozuqa ekinlari, kartoşka, sabzavot, dukkakli va moyli ösimliklar yetiştiriş hajmlarini oşiriş vazifasi qöyildi.

Joriy yilda ğalla hosildorligini örtaça 84,8 sentnerga, paxta hosildorligini 47,5 sentnerga, kartoşka hosildorligini 175 sentnergaça oşiriş rejalaştirilgan. Şuningdek, 48 ta ğalla kombayni, 272 ta çigit ekiş seyalkasini xarid qiliş, suv tejovçi texnologiyalar va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etiş hisobiga qişloq xöjaligida daromadni 20-35 foizga oşiriş imkoni mavjudligi körsatildi.

Suv ta’minoti Qaşqadaryo uçun eng oğir masalalardan ekani qayd etildi.

Ekinlarning katta qismi nasos orqali suğorilişi şaroitida 2026 yilda 320 kilometr magistral va 3,3 ming kilometr içki kanallarni betonlaş, 70,6 ming gektarda suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş, 27,4 ming gektarda lazerli tekislaş işlarini amalga oşiriş hamda 16 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qiliş vazifalari belgilandi. Bu orqali 800 million kub metrgaça suv iqtisod qilinişi kutilmoqda.

Içimlik suvi ta’minotini yaxşilaş maqsadida Hisorak suv omboridan Qarşi şahriga suv tortiş loyihasi işlab çiqilayotgani ma’lum qilindi. Uşbu loyiha doirasida 16 ta içimlik suvi inşooti va 416 kilometr tarmoq quriladi. Qarşi va Şahrisabz şaharlari, Dehqonobod va Qamaşi tumanlaridagi kanalizatsiya tarmoqlari rekonstruksiya qilinadi.

Turizm salohiyatini töliq işga soliş böyiça yiliga 1 million sayyohni jalb qilayotgan Miraki şaharçasi tajribasi asosida yangi loyihalarni qolgan tumanlarda ham kengaytiriş zarurligi ta’kidlandi.

Qamaşi tumanida “Maydanak” baland toğ turizm markazini taşkil etiş, Şahrisabz tumanida bir vaqtning özida 13 ming sayohatçiga xizmat körsatadigan “Ğyelon” xalqaro umummavsumiy kurortini barpo etiş, Yakkaboğ tumani Tatar qişloğida turizmni rivojlantiriş, Hazrati Sulton çöqqisi hududida treking yönalişlari va çodirli uylar oromgohini taşkil etiş loyihalari şular jumlasidan.

Umuman, joriy yilda 45 ta mehmonxona va mehmon uyi taşkil etilib, qöşimça 1130 örin yaratilişi belgilandi.

Viloyatda yöl, uy-joy va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxşilaş böyiça ham aniq dasturlar muhokama qilindi. “Yangi Özbekiston” qiyofasidagi 2 ta tuman va 46 ta mahallada, şuningdek, oğir toifadagi 3 ta tuman va 108 ta mahallada içki yöllar, suv ta’minoti, suğoriş infratuzilmasi hamda elektr tarmoqlarini yaxşilaş uçun jami 864 milliard söm mablağ yönaltirilişi belgilandi.

Ijtimoiy yönalişda oila va xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, soğliqni saqlaş tizimini rivojlantiriş böyiça körsatkiçlar belgilandi. Jumladan, yangi davlat va xususiy boğça, maktablar taşkil etiş, 120 ming nafar xotin-qizning bandligini ta’minlaş, 21,1 ming nafarini kasb-hunar va tadbirkorlikka öqitiş, “Ayollar daftari” orqali 102 ming nafariga yordam körsatiş çoralari nazarda tutilgan.

Germaniya bilan hamkorlikda tartibli mehnat migratsiyasi va kasbiy tayyorgarlik böyiça yangi taşabbuslar taqdim etildi. 2026 yilda 3000 nafar, 2027 yilda 5000 nafar yoşni Germaniyaga işga yönaltiriş, ularni öqitiş uçun Qarşi şahrida Ta’lim va texnologiyalar markazini oçiş rejalaştirilgan.

Yiğiliş yakunida davlat rahbari belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazoratga oliş, investitsiya va eksport körsatkiçlarini ta’minlaş, yangi iş örinlari yaratiş hamda aholi turmuş darajasini oşiriş böyiça mutasaddilarga aniq topşiriqlar berdi.