«Özbekistonning kelajagi nihoyatda porloq. Mamlakatda amalga oşirilayotgan iqtisodiy islohotlar hamda xorijiy investorlarning faol iştiroki uşbu jarayonni yanada kuçaytirmoqda», — dedi Sandro Rtveladze.
Panel muhokamasi davomida CEO OTP Group Markaziy va Şarqiy Yevropadagi yirik bank guruhlaridan biri ekani va Özbekiston bozorida faoliyat yuritayotgan birinçi Yevropa banki ekanini ta’kidladi. Şuningdek, u kompaniyaning mamlakatdagi faoliyati kengayib borayotganini, bunga amaliy misol sifatida qişloq xöjaligini rivojlantirişga qaratilgan «Yaşil ferma» loyihasini keltirdi.
«Özbekiston iqtisodiyotining jadal rivojlanişi va davom etayotgan islohotlar mamlakatda investitsiyalarni yanada kengaytiriş uçun katta imkoniyatlar yaratmoqda», — dedi Ipoteka bank OTP Group CEOsi.
Avvalroq Ipoteka bank OTP Group 2025 yil yakunlari böyiça moliyaviy hisobotini e’lon qilgan edi. Natijalar bank barqaror ösişga erişganini va biznes transformatsiyasi samarali amalga oşirilganini körsatdi. Hisobotga köra, bankning sof foydasi 1,763 trillion söm, kapital rentabelligi (ROE) esa 22,4% ni taşkil etdi.
Reklama huquqqi asossida







