Ipoteka bank OTP Group ma’lum qilişiça, OneID tizimida kiriş ruxsatnomasi öçirilgan holatda ayrim operatsiyalar köproq vaqt olişi yoki vaqtinça mavjud bölmasligi mumkin. Bu kredit rasmiylaştiriş, bank kartalarini çiqariş, hisobvaraqlar va omonatlar oçiş, valuta ayirboşlaş operatsiyalari, şuningdek mijozni identifikatsiya qiliş talab etiladigan boşqa xizmatlarga ta’sir qilişi mumkin.
Keçikişlarning oldini oliş uçun mijozlarga oldindan sozlamalarni tekşiriş tavsiya etiladi. Buning uçun id.egov.uz saytiga kirib, ERI (ETsP) yoki Mobile-ID orqali avtorizatsiyadan ötiş, «Şaxsiy ma’lumotlarni boşqariş» bölimiga ötiş, röyxatdan Ipoteka bank OTP Group’ni tanlab, ma’lumotlarni oliş va qayta işlaş uçun ruxsatni yoqiş zarur.
Şuningdek, OneID mobil ilovasi orqali tezkor usul ham mavjud. Avtorizatsiyadan söng foydalanuvçi kompyuter ekranidagi QR-kodni skanerlab, kerakli bölimni avtomatik tarzda oçişi mumkin.
Bankda ta’kidlaşlariça, ruxsatnomalarni boşqariş funksiyasi kiberxavfsizlik çoralarini kuçaytiriş doirasida joriy etilgan. Oçiq kiriş raqamli servislarning töğri işlaşini ta’minlaydi, biroq şaxsiy ma’lumotlar ustidan töliq nazorat foydalanuvçining özida qoladi. Ipoteka bank OTP Group mijozlar bank xizmatlaridan qulay, xavfsiz va ortiqça keçikişlarsiz foydalanişlari uçun doimo yaqin.
Reklama huquqi asosida







