2026 yil 26 iyun, Budapeşt (Vengriya) — Forbes Global 2000 har yili dunyoning eng yirik ommaviy kompaniyalari reytingini e’lon qiladi. Reyting törtta asosiy moliyaviy körsatkiç — tuşum, foyda, aktivlar va bozor kapitallaşuvi asosida şakllantiriladi. Barça körsatkiçlar teng darajada hisobga olinadi. Metodikaga köra, har biri böyiça alohida 2000 talik röyxat tuzilib, yakuniy örin umumiy natijalar asosida aniqlanadi.

«OTP Group Forbes Global 2000 reytingida dunyoning eng kuçli 400 ta kompaniyasi safiga kirdi. Bu — Vengriyada boş qarorgohga ega mintaqaviy bank guruhi sifatida xodimlarimiz, mijozlarimiz va hamkorlarimiz bilan birgalikda qölga kiritilgan muhim yutuqdir. OTP Groupʼning izçil rivoji barqaror strategiyamiz hamda mijozlarga yönaltirilgan biznes modelimizning mustahkamligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Bugun 11 mamlakatda faoliyat yuritayotgan qariyb 40 ming nafar xodimimiz 17,5 millionga yaqin mijozlarimiz hayotini yanada qulay va xavfsiz qiliş yölida har kuni xizmat qilmoqda hamda Markaziy va Şarqiy Yevropadagi yetakçi örnimizni mustahkamlab bormoqda.

Barça jamoamizga umumiy muvaffaqiyatimizga qöşgan hissasi uçun, mijozlarimizga esa bizga bildirib kelayotgan işonçi uçun samimiy minnatdorlik bildiraman. Aynan mana şu işonç barqaror ösişimizning asosidir», — dedi OTP Bank boş direktori Peter Çani.

2026 yilda OTP Group Forbes baholaydigan barça asosiy körsatkiçlar böyiça dunyoning yetakçi TOP-1000 kompaniyalari safidan örin oldi: foyda böyiça — 360-örin, aktivlar böyiça — 313-örin, daromad böyiça — 993-örin, bozor qiymati böyiça — 658-örin. Yakunda esa guruh umumiy reytingda 398-poğonani egalladi.

Bu natija ayniqsa e’tiborga molik, çunki atigi tört yil avval OTP Group hatto dunyoning TOP-1000 kompaniyalari qatoridan ham joy olmagan edi. Şundan buyon guruh yil sayin öz pozitsiyasini izçil va sezilarli darajada mustahkamlab bormoqda.

OTP Group haqida

OTP Group Markaziy va Şarqiy Yevropa mintaqasidagi yetakçi va jadal ösib borayotgan bank guruhlaridan biri bölib, yuqori daromadliligi, şuningdek, kapital va likvidlik böyiça barqaror körsatkiçlari bilan ajralib turadi. Bugungi kunda guruh Markaziy va Şarqiy Yevropa hamda Markaziy Osiyoning 11 mamlakatida faoliyat yuritib, qariyb 40 ming nafar xodimi orqali 17,5 millionga yaqin mijozga keng qamrovli moliyaviy xizmatlar körsatib kelmoqda.

OTP Group Markaziy va Şarqiy Yevropa bank sektorida kengayiş va qöşib oliş jarayonlarini faol amalga oşirayotgan yetakçi moliyaviy guruhlardan biri hisoblanadi. 2000 yillar boşidan buyon guruh 25 ta bankni muvaffaqiyatli qöşib olib, ularni öz tizimiga samarali moslaştirgan.