Yaqin Şarqdagi mojaroning keskinlaşişi fonida mintaqadagi eng barqaror moliyaviy markaz va noyob sayyohlik maskanining nufuzi xavf ostida qoldi. Xöş, uruş sabab Dubay nimalarni yöqotdi yoki yöqotişi mumkin?

Ötgan hafta ijtimoiy tarmoqlarda bir video tarqaldi: unda Dubaydagi al-Mamzar plyaji ustidan Eronning «Şahed» droni uçib ötayotgani körinadi. Dronning ortidan uni urib tuşirişga harakat qilayotgan qiruvçi samolyot quvib borardi. Plyajda esa tumonat odam soyabonlar ostida toblanib yotibdi. Izohlarda ikki xil fikr özaro töqnaşdi: uruş paytida odamlar plyajda qolayotgani hayratlanarlimi yoki ular hukumatning xavfsizlik tizimiga şu qadar işonişadimi?

Hörmuz böğozi yaqinida joylaşgan Dubay aslida juda xavfsiz şaharlardan biri edi. Ammo, 28 fevralda AQŞ va Isroilning Tehronga bostirib kirişi fonida Eronning qarşi hujumiga uçradi. Birlaşgan Arab Amirliklari hududi ustida 290 ga yaqin ortiq ballistik raketa va 1500 dan ziyod dron aniqlangan. Ularning aksariyati yöq qilingan, biroq portlaşlar tez-tez kuzatilyapti. Özini önlab yillar davomida siyosatdan xoli haşamat markazi hamda notinç mintaqadan ajralgan xavfsiz maskan sifatida tarğib qilib kelgan şahar birdan himoyasiz bölib qolgandek.

Ayni paytda Dubay qiyin holatda. Yirik banklar va xalqaro kompaniyalar öz xodimlarini mamlakatdan evakuatsiya qildi yoki masofaviy iş tartibiga ötkazdi. Odamlar yerosti avtoturargohlari yoki boşqa pana joylarga yaşirinişgan. Gavjum köçalar böşab qolgan. Hozirgaça BAAda kamida 8 kişi halok bölgan, yuzlab insonlar jarohatlangan. Xöş, Dubay nimalarni yöqotdi yoki yöqotişi mumkin?

Nega aynan Dubay?

Mahalliy hukumat xavfsizlikni ta’minlaş uçun bor kuçini safarbar etayotgani, tez orada vaziyat barqarorlaşib, hayot öz maromiga qaytişini aytib, barçani xotirjamlikka çaqiryapti. Bu harakatlarni tuşuniş mumkin, zero mintaqadagi eng barqaror moliyaviy markaz va noyob sayyohlik maskanining nufuzi xavf ostida qolgan. Eron rahbarlari Dubayni Ğarb iqtisodiy tizimining muhim nuqtalaridan biri deb hisoblaydi. Şu bois hujumlar nafaqat Dubay va BAAga, balki butun global iqtisodiyotga ta’sir qiladi, deb hisoblaşyapti. Uruşning dastlabki kunlarida Tehronning javob hujumi uçun vizual effekt ham muhim edi: Fairmont The Palm mehmonxonasi atrofidagi yonğinlar yoki aeroportdagi portlaşlar tasviri ön minglab turist va ekspatlarni vahimaga soldi. Ekspertlar uşbu harakatni «çeklangan va ogohlantiruvçi» zarbalar taktikasi deya baholaşdi.

Umuman olganda, Dubay Eron uçun ön yillardan beri «iqtisodiy nafas yöli» bölib keladi. Fors kompaniyalari va tadbirkorlarining katta qismi aynan Dubay orqali savdo qiladi va sanksiyalardan aylanib ötadi. Şahar iqtisodiyotini turğunlaştiriş Eronning öziga ham moliyaviy zarba beradi. Dubay köçmas mulk va bank sektorida Eron kapitali juda salmoqli uluşga ega. BAA Xitoydan keyin Eronning ikkinçi yirik savdo hamkori hisoblanadi — 2024 yilda özaro savdo hajmi 28 milliard dollarga yetgan. Bundan taşqari, yarim millionga yaqin eronliklar Amirliklarda yaşaydi.

Şu jihatdan, rasmiy Tehron tomonidan amalga oşirilayotgan hujumlar BAA hujumatiga nisbatan «siyosiy bosim» vositasiga sifatida körilyapti. Ya’ni Dubayni «garov» sifatida uşlab turiş. Agar BAA öz hududidagi AQŞ bazalaridan Eronga qarşi foydalanişga töliq ruxsat bersa, Dubayning xavfsiz şahar maqomi tugaşi haqida oçiq ogohlantirilyapti. Eronning ayni paytdagi asosiy maqsadi Amirliklarni AQŞ koalitsiyasidan uzoqlaştiriş yoki kamida neytral holatda uşlab turiş. Bu yerda geografik joylaşuv ham muhim omil: Eron va BAA örtasidagi masofa dengiz orqali atigi 100 km atrofida, şu sabab raketa va dronlar juda tez yetib boradi. 

Uruşning iqtisodiy ta’siri

Faol harbiy harakatlar fonida Dubay iqtisodiyotining barça ustunlari — aviatsiya, turizm, köçmas mulk va moliya sektorlari jiddiy zarba qabul qilib oldi. Şahar özining «xavfsiz bandargoh» maqomini himoya qilişga urinayotgan bölsa-da, vaziyat murakkabligiça qolyapti. Dubay xalqaro aeroporti — dunyoning eng gavjum havo tugunlaridan biri hisoblanadi. Xususan, aeroport 2025 yilda qariyb 90 million yölovçiga xizmat körsatgan. Dunyo mamlakatlarining uçdan bir qismiga tört soatlik, uçdan ikki qismiga esa sakkiz soatlik parvoz masofasida joylaşgan maşhur tranzitning dron hujumlari nişoniga aylanişi vaziyatni keskinlaştirib yubordi. British Airways, Lufthansa, Air France kabi yirik aviakompaniyalar Dubayga parvozlarni butunlay töxtatdi. Bu uzilişlar turistik mavsumning eng qizğin paytiga töğri keldi. Natijada köplab odamlar safarlarini bekor qilyapti, ayrim haşamatli mehmonxonalarda narxlar keskin tuşib ketgan.

Özining «oltin davr»ini boşdan keçirayotgan köçmas mulk bozorida ham turğunlik boşlandi. Mart oyi boşidagi köçmas mulk oldi-sotdi şartnomalari ötgan oyga nisbatan 50 foizdan köproqqa kamaydi. Ayniqsa, villalar segmentida savdo qariyb 90 foizga tuşib ketdi. Uruşdan oldin Dubayning yetakçi developeri — «Emaar Properties» kompaniyasining qiymati 40 milliard dollardan ortiqqa baholanayotgandi. Bugungi kunda mazkur ulkan boyliklar Eron dronlari va raketalari nişoniga aylanyapti.

BAA oziq-ovqatning 90 foizini import qiladi. Uruş allaqaçon ta’minot zanjirlariga bosim ötkazişni boşladi. Hozirça zaxiralar yetarli va dökonlarda tanqislik yöq. Ammo Hörmuz böğozi yopiq qolsa, muammolar boşlanişi mumkin. Meva-sabzavotning asosiy yetkazib beruvçisi — Eron eksportni töxtatgan. Bu narxlarning oşişiga olib kelişi mumkin.

Yaqin Şarq böyiça ekspert Kristofer Davidson fikriça, hujumlar Dubay jozibadorligiga faqat qisqa muddatda ta’sir qilişi mumkin.

«Asosiy omillar — infratuzilma, qonunçilik, iqlim va geografik joylaşuv — özgarişsiz qoladi. Uzoq muddatda jozibadorlik saqlanadi. Agar Eron harbiy jihatdan zaiflaşsa, bu jozibadorlik oşişi ham mumkin», deydi u.

Içki keskinlik kuçayişi fonida çet elliklar uçun ança yumşoq bölgan mahalliy tartib-qoidalar ham qattiqlaştirildi. Kiberxavfsizlik töğrisidagi qonunçilikni buzişda ayblanib, allaqaçon bir neça kişi hibsga olindi. Uşbu holatlarning aksariyati Eron dronlari va raketalari keltirgan vayronagarçiliklarni mobil telefonlarga tasvirga oliş bilan boğliq.

Boy xorijliklar şahri

Dubay aholisining taxminan 90 foizi — çet elliklar. 2025 yil oxirida amirlik Nyu Yorkni ortda qoldirib, boylar uçun eng jozibador şaharlar reytingida birinçi örinni egalladi. Şaharning asosiy afzalliklari sifatida kapital ösişiga va merosga soliq yöqligi, yuqori xavfsizlik darajasi hamda rivojlangan infratuzilma körsatilib kelinadi. Faqat 2025 yilning özida bu yerga qariyb 10 ming nafar millioner köçib kelgan. Ularning umumiy boyligi 63 mlrd dollarga baholanadi. Yil boşidagi raqamlarga köra, umumiy hisobda şaharda 81,2 mingta millioner yaşaydi, jumladan 100 mln dollardan ortiq boylikka ega 237 kişi va 20 nafar milliarder mavjud. Öta boy aholi soni böyiça ham Dubay dunyoning top-20 şaharlari qatoriga kiradi.

XX asrning 70 yillarigaça Örta Yer dengizining durdonasi bölmiş Livan poytaxti Bayrut ham jozibador moliyaviy markaz bölgan. Biroq harbiy-siyosiy beqarorlik uşbu şaharni qisqa fursatda yaşaş uçun xavfli va biznes uçun yaroqsiz hududga aylantirdi. Ayni paytda davom etayotgan uruş yaqin kunlarda tugasa, salbiy voqealar unutilişi mumkin. Ammo mojaro çözilsa va hujumlar muntazam davom etsa, Dubayning asosiy fişkalaridan biri— xavfsizlik imiji — jiddiy savol ostida qoladi.